So’nggi yangiliklar

07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  0 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  4 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  61 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2

Nodirxo'ja Yuldashev: "2001 va 2002 yilda tug'ilgan futbolchilar diqqatiga!" Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev: "2001 va 2002 yilda tug'ilgan futbolchilar diqqatiga!"

Diqqat, diqqat! O'rinbosarlar ligasida to'p tepayotgan va klublar bilan shartnoma tuzish arafasida turgan 2001 va 2002 yillarda tavallud topgan futbolchilar!

Siz 7 yoshdan 18 yoshgacha qattiq mehnat qilgansiz, qorda, yomg'irda, chilladagi issiqda. Bironta klub rahbari (2-3 tasidan tashqari) kelib Sizning holatingizdan xabar olmagan, butsangizni yangilab bermagan. SHuning uchun bu yil shartnoma imzolayotganingizda ehtiyot bo'ling!

Bunday vaziyatlarda klub rahbarlari Sizga 3 yildan 5 yilgacha bo'lgan SHARTNOMA Taklif qiladilar. Odatda MAOSHning maksimal holatda 1 000 000 so'm qilib ko'rsatadilar. Ko'p holatlarda 500 - 600 000 so'm. Maosh bo'yicha jiddiy kelishib oling! To'g'ri, avvalo o'yin amaliyotiga ega bo'lish. Agar Sizni o'sha klub tarbiyalab qo'ygan bo'lsa, o'z ixtiyoringizni keyinchalik ham klubga topshirishdan qo'rqmang. Lekin Siz to'p tepib yurgan paytlarda etiborsiz bo'lgan bo'lsa, unda endi "diktovat" qilish navbati Sizga etib kelganligini tushuning!


Kanaliga azo bo'lish Nodirxo'ja Yuldashev 


1. Maosh bo'yicha kelishing.
2. Hech qachon mavsum o'tsa bo'ldi qabilada ish ko'radigan rahbar bilan 2 yildan ko'piga qo'l qo'ymang. O'zingizni o'zingiz unga bog'lab qo'yasiz! "Nasaf", "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Bunyodkor" bundan mustasno, bugungi holatda!
3. 23 yoshgacha futbolchi o'z huquqini o'zi sotib olsa bo'ladi. Buni rahbarlar yaxshi biladilar. Futbolchi kerak bo'lsa, bo'lmasa tovon puliga 200 000 000 so'mdan kam bo'lmagan summani yozib qo'yadi. SHartnomani aynan shu bandiga JIDDIY qarang! Hech qanaqasiga Sizni tovon pulingizni 50 000 000 so'mdan tepa bo'lishiga yo'l qo'ymang (4ta klub bundan mustasno. CHunki ular yoshligidan pul ishlatgan). Ertaga yaxshi jamoadan taklif bo'lib qolsa, na Sizni o'ynatadi, na boshqaga beradi. Hech qachon boshqa klub 200 000 000 tovon puli to'lab 19 yoshli o'yinchini olmaydi.
4. SHartnomaga ko'ra klub Sizga maosh berishda 2 oydan cho'zilsa, Siz bemalol SHARTNOMANGIZni olib ketish huquqiga ega ekanligingizni ham unutmang. Buning uchun PFLga murojaat qilsangiz kifoya!
5. Va nihoyat futbolchi va ota-onalar, yoshlar ligasi uchun ham SIFATni talab qiling! Mashg'ulotlarda issiq choy, suv, to'plar, inventarlar etarli bo'lsin. Asosiy tarkibga yo'l, yoshlar ligasi orqali. Ammo u erda sharoit bo'lmasa, asosiy tarkibga bo'lgan yo'lni bosib o'tish qiyin bo'ladi. Talab qiling rahbariyatdan, o'rinbosarlar jamoasiga ham malakali murabbiyni qo'ysin, nomiga reglament uchun emas.

☝️ O'Z HUQUQINGIZNI HIMOYA QILISHNI O'RGANING!



Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика