So’nggi yangiliklar

22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  1 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  1 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  20 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  22 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  8 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  3

Nodirbek To'ychiev: "Terma jamoa muxlislar klubiga etakchini haqiqiy ishqibozlar orasidan tanlab olishsa yaxshi bo'lardi" Yangiliklar

Nodirbek To'ychiev: "Terma jamoa muxlislar klubiga etakchini haqiqiy ishqibozlar orasidan tanlab olishsa yaxshi bo'lardi"

Kuni kecha O'FF majlislar zalida oliy liga klublari muxlislar klubi etakchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.


Ushbu yig'ilishda qatnashgan "Andijon" muxlislar klubi etakchisi Nodirbek To'yichev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Kuni kecha O'FF majlislar zalida oliy liga muxlislar klubi etakchilari bilan yig'ilish bo'lib o'tdi. U erda majlisni Aziz Pattaxov va yana bir kishi boshqardi. Ularni aytgan barcha gaplarini eshitdik. SHundan so'ng savol-javobga navbat berildi. Muxlislar navbati bilan gapirishayotganda har birini gaplarini bo'lib qo'yishdi. Muxlislarni gapini eshitishi kerakku! Bo'lmasam nima uchun u erga futbol muxlislarini chaqirib majlis o'tkazishdi? 

Yig'ilishga Buxorodan, Qashqadaryodan, Samarqanddan, uzoq joylardan muxlislar etakchilari tashrif buyurishdi. U erda muxlislarni ham biroz aybi bo'ldi. Hakamlar masalasiga o'tib ketishdi. U erda muxlislar haqida muhokama qilinishi kerak. Hakamlar haqida emas. Futbol kim uchun? Muxlislar uchun. Ularni fikricha bizga Evropacha muxlislik madaniyatini olib kirmoqchi ekan. Biz o'zbekmiz, agarda biz Evropa muxlislari qilayotgan har xil qiliqlari bizni mentalitetimizga to'g'ri kelmaydi. 


Terma jamoa muxlislar klubiga oldindan ishqibozlar orasida yurgan, o'zimiz tanigan, bilgan insonni etakchi qilib tayinlashsa bo'lardi. 


Biz barcha futbol muxlislari bilan aka-ukadekmiz. Hammaga bir xil qarash kerak, men unaqa qilganman, bunaqa qilganman deb maqtanish bilan ish bitmaydi. Terma jamoa muxlislar klubiga oldindan ishqibozlar orasida yurgan, o'zimiz tanigan, bilgan insonni etakchi qilib tayinlashsa bo'lardi. Men o'zimni nomzodimni ilgari surmayman. Biz muxlislarga Federaciya tomonidan qilib beriladigan sharoitlarga rahmat aytaman. SHu o'rinda bir necha yil davomida bizga boshchilik qilib kelgan Abdurahmon Fozilovga minnatdorchilik bildirib qolaman", - deydi "Andijon" muxlislar klubi etakchisi Nodirbek To'ychiev.



Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика