So’nggi yangiliklar

08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  3 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  7 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8

Nodirbek To'ychiev: "Kelasi yili oliy ligada "Andijon"dan umidimiz katta" Yangiliklar

Nodirbek To'ychiev: "Kelasi yili oliy ligada "Andijon"dan umidimiz katta"

Yurtimizda futbol mavsumi yakunlanib bormoqda. O'tgan yakshanba kuni birinchilik bahslari nihoyasiga etdi.
Kutilganidek, “Andijon” va “Mashal” jamoalari mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazib oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. “Andijon”ning bir yil ichida kuchlilar safiga qaytishida rahbariyat, murabbiylar va futbolchilardan tashqari jamoamiz muxlislarining ham o'ziga yarasha hissasi bo'ldi. Umuman olganda, “Andijon” jamoasining qanday muxlislari borligini hamma yaxshi biladi. Birinchi liga yakunlangani bois “Andijon” fan-klubi raisi Nodirbek To'ychiev bilan suhbatlashdik.

- Avvalombor, jamoamiz oliy ligaga chiqqani bilan barcha muxlislarni tabriklayman, - deb so'zini boshladi To'ychiev. - “Andijon” fan-klubi joriy mavsumda o'z ishini sitqidildan bajardi. Garchi birinchi ligada to'p surganiga qaramay, biz jamoamizni xuddi oliy ligada bo'lganidek qo'llab-quvvatladik. SHuni aytishim kerakki, ko'pchilik o'tgan yili Azamat Abduraimov “Andijon”ni birinchi ligaga tushirib yubordi deb o'ylagan bo'lishi mumkin. Lekin unday emas. Yil boshida Aleksandr Averyanov selekciya ishlarini ko'ngildagidek olib bormagani jamoamizni muvaffaqiyatsizlikka olib kelgandi. To'g'ri, Abduraimov bosh murabbiyligi paytida jamoamiz oliy ligani tark etdi. SHunga qaramay, bu murabbiyga ko'proq va imkoniyat berish kerak. Qolaversa, muxlislar ham murabbiyni tushunishlari lozim. Agar 5-6 yil imkoniyat berilsa, har qanday murabbiy yaxshi jamoa shakllantira oladi. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo'ladi. Garchi, vazifa muddatidan oldin bajarilgan bo'lsa-da, jamoamiz safardagi so'nggi ikkita uchrashuvni ham g'alaba bilan yakunladi. Balki ayrim ishqibozlar oxirgi o'yinlar ahamiyatsiz va “Andijon” yutqazadi deb o'ylagan bo'lishlari mumkin. Yana bir bor oliy liga bilan barchani tabriklayman. 

- “Andijon”ni bir yil ichida kuchlilar safiga qaytishiga muxlislar ishonishganmidi?

- Ha, bunga yuz foiz ishongandik. Ko'rdinglar, jamoamiz mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazib o'z oldiga qo'ygan vazifani uddaladi. 

- Endi kelasi yili oliy ligada stadionda muxlislar soni ko'paysa kerak?
- Kalasi yili “Andijon” jamoasining tashkil etilganiga 50 yil bo'ladi. Oliy ligaga chiqib jamoamiz bu bayramga munosib sovg'a qildi. Ishoanmizki, Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin va Ro'ziqul Berdiev singari Azamat Abduraimov ham oliy ligada o'zini ko'rsatadi. Xudo xohlasa, jamoamiz chiroyli o'yinlar ko'rsatsa stadionga muxlislar albatta qaytishadi. Baribir oliy va birinchi liga o'rtasida er bilan osmoncha farq bor. Kelasi mavsumda ishqibozlar hamda fan-klubimizni “Andijon”dan umidi katta. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика