So’nggi yangiliklar

20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  18 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  37 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  17 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0

Nima uchun "Atletiko"ning uy stadionida doim gullar yotadi? Yangiliklar

Nima uchun "Atletiko"ning uy stadionida doim gullar yotadi?

Klub yangi stadionga ko'chib o'tganiga qaramay, ajoyib anana saqlanib qoldi.

Hammasi 1995 yil iyun oyida boshlangan. Radomir Antich "Atletiko" bosh murabbiyi bo'ldi va klub prezidenti Xesus Xilga transfer borasidagi istaklarini aytdi. Xo'jayin ro'yxatni kuzatar ekan, to'satdan xo-xolab kulib yubordi.

— Milinko Pantich. 29 yosh. "Panionios". Greciya chempionati. Jiddiy aytyapsizmi?! Axir u Ispaniyada o'ynab ketolmaydi.

"Atletiko"ning hech bir menejeri murabbiyning iltimoslarini jiddiy qabul qilmadi. Klubdagi xodimlar serbiyalik o'yinchi Antichning eski tanishi va jamoaga o'tish uchun murabbiyga yaxshigina pul taklif qilgan deb o'ylashar edi.

Barchaga qarshi oyoq tirab olish xavfli va butkul foydasi yo'qdek edi, go'yo. Ammo murabbiy bo'sh kelmadi. U Pantichning o'yini yozilgan kassetani bossga berdi.

— Afsuslanmaysiz, — dedi murabbiy.
— Xop. Ammo u muvaffaqiyat qozona olmasa, maoshingizdan kesib qolamiz, — dedi qatiylik bilan prezident Xil.

Antich hamma narsaga tayyor edi. Ular qo'l tashashdilar. Oradan bir hafta o'tdi. "Atletiko"da yangi yarim himoyachi to'p tepa boshladi.

Pantich shu qadar ajoyib o'yin namoyish etdi-ki, murabbiy oyligi haqida o'ylab ko'rishga ham ulgurmadi. Birinchi davradayoq serbiyalik futbolchi jarimadan gol urdi, bir nechta golli pas berdi va yakunda "Atletiko"ning barcha jarima zarbalarini amalga oshiradigan bo'ldi. Mavsum o'rtalariga kelib, uning ijrosidagi burchak zarbalaridan raqiblar penaltidan qo'rqqandek hayiqib turadigan bo'lishdi. U yozga kelib 10ta gol urdi, deyarli 20ta uzatma berdi, "Atletiko" chempion bo'lishida o'z hissasini qo'shdi hamda Ispaniya Kubogi doirasida "Barselona"ga qarshi bahsda yagona golni urishga muvaffaq bo'ldi.

Oltin dubl — bu ajoyib, lekin ismingiz o'chmas qilib yozilishi uchun bazida buning o'zi etarli bo'lmaydi. Pantichga esa kutilmagan tasodif yordam berdi.

1996 yil 28 yanvarda "Atletiko"ning oddiy bir muxlisasi Margarita Luengo stadion yaqinidagi kafeda do'stlari bilan suhbatlashib o'tirardi — o'yindan oldin bo'ladigan o'ziga xos odatiy yig'ilish. To'satdan u oyna oldida turgan katta guldastaga ko'zi tushdi va menejerga baqirdi: "Iltimos menga to'rtta gul bering — bugun "Atletik"ga shuncha gol uramiz!" Kafedagilar qarsak chaldi, bar mamuri esa quvonch bilan vazadan bir nechta gul oldi va qizga berdi.

"Har bir goldan so'ng maydonga gul otdim. Biz 4:1 hisobida g'alaba qozondik. Qo'limda gul qolmadi, hammasi maydonda... Pantich "Atletiko"ning 2ta golini burchakdan urdi, gullarni burchak tomonga otdim", — yodga oladi Margarita.

Navbatdagi burchak to'pini tepishga tayyorlanayotgan Pantich oyog'i ostida yotgan gulni chetga uloqtirib yubordi. Buni ko'rgan Margarita esa kichik qog'ozchaga quyidagi so'zlarni yozdi: "Gullarni otib yubormang, axir bu sizlar uchun..." va xatni "Atletiko" xodimidan berib yubordi.

Qog'ozchani olgan Pantich qilgan ishidan afsuslandi va muxlisaning telefon raqamini topib berishlarini iltimos qildi. Oradan bir necha kun o'tib, u qizga qo'ng'iroq qildi va uzr so'radi. Hattoki, kelasi uy uchrashuvidan so'ng, Margaritaga futbolkasini ham sovg'a qildi.

"Pantich — nafaqat jarima maydoni va burchakdan ajoyib gol ura oladigan o'yinchi, balki ajoyib inson hamdir. Bunday insonlar juda kam", — deydi Margarita.

O'shandan buyon "Atletiko"ning uy uchrashuvi vaqtida burchak bayrog'i oldida 24ta guldan iborat buket yotadi — 12ta qizil, 12ta oq (klub rangi). Bu ananaga yaqinda 24 yil bo'ldi. Margarita esa endi gul uloqtirmaydi, u maydonga bemalol o'tib yurishiga allaqachon ruxsat berishgan.

"Visente Kalderon" stadionida burchak bayrog'i yonidagi gullar alohida ahamiyatga ega bo'lib ulgurgan. Bir kuni Roberto Karlos burchak bayrog'i oldida kimningdir buketi qolib ketibdi deb, jaxl bilan guldastani otib yubordi. Buni ko'rgan muxlislar esa qattiq g'azablandilar. Natijada braziliyalik qo'lini ko'tarib uzr so'rashiga to'g'ri keldi.

Agar sening odatlaringni raqib ham hurmat qilsa, bu barchasi bekor emasligining yorqin isboti bo'ladi.





Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика