So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  20 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Nilufar Qudratova: "Uyda vaqtni mazmunli o'tkazishga harakat qilyapman" Yangiliklar

Nilufar Qudratova: "Uyda vaqtni mazmunli o'tkazishga harakat qilyapman"

Koronavirus tufayli barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari o'tkazilmayapti.

Xo'sh, o'zbekistonlik futbolchilar karantin davrini uyda qanday o'tkazishmoqda? Ular muxlislarga bu borada nimalarni tavsiya qilishadi?

- To'g'risi, maydonni juda ham sog'indim. Bu sog'inchni oddiy so'zlar bilan shunchaki tariflashning imkoni yo'q. Ishonchim komilki, muxlislarimiz ham futbol uchrashuvlari yana start olishini intiqlik bilan kutishmoqda.

Lekin ayni paytda barchamizdan karantin qoidalariga qatiy rioya qilgan holda uyda qolish, bu orqali koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olishda ulkan xissa qo'shish talab etiladi.

Men ham uyda qolgan holda o'z vaqtimni mazmunli o'tkazishga harakat qilyapman. Zerikishga aslo vaqt ham bo'lgani yo'q. O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti 3-bosqich talabasi bo'lganim sabab ayni vaqtda onlayn darslar davom etyapti. Darslarni yaxshi o'zlashtirishga harakat qilyapman. Qolaversa, Yunus Og'uzning «Amir Temur» asarini o'qib chiqyapman.

Biz – futbolchilar uchun sport formasini ushlab turish juda muhim. SHu sababli murabbiylar bilan aloqada bo'lgan holda mashg'ulotlarni uyda davom ettiryapman. Bu borada muxlislarga ham uyda mashq qilib turishni maslahat bergan bo'lar edim.

Karantin bahonasida oila azolarimiz bilan birgalikda vaqtni mazmunli o'tkazish imkoniyati ham vujudga keldi. Bundan unumli foydalanishimiz, asosiysi – shaxsiy gigiena qoidalariga qatiy rioya qilishimiz lozim. Agar shifokorlar tavsiyalariga to'liq amal qilsak, koronavirusni albatta engamiz!, - dedi istedodli futbolchi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика