Nilufar Qudratova: "Gol o'tkazmasdan chempion bo'lishni ko'zlagandik"
20 iyu 2022 21:15
Yangiliklar
Nilufar Qudratova: "Gol o'tkazmasdan chempion bo'lishni ko'zlagandik"
Uchrashuvdan keyin ketma-ket 3-o'yinda o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan termamiz sardori Nilufar Qudratova fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"G'alabamizdan juda xursandman. O'zbekiston halqini bu bilan tabriklayman. Yuqori maqsadlar bilan kelgandik. Gol o'tkazmasdan chempion bo'lishni ko'zlagandik. Xudoga shukrki, bunga erishdik.
O'yin yaxshi o'tdi. Eron munosib raqib edi. SHoshma-shosharlikka yo'l qo'yganimiz uchun kam gol bo'ldi. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga tashakkur!
Ushbu kubok oldindan bizniki bo'lib kelgan, bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi degan umiddaman", – dedi Qudratova.
Malumot o'rnida, ayollar terma jamoamiz musobaqa davomida umuman gol o'tkazmadi.

CAFA women's championship-2022. O'zbekiston Eronni yutib, musobaqa g'olibiga aylandi!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar