So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Nilmar: “Bunyodkor”da yarim himoyachilar faol bo'lishmadi” Yangiliklar

Nilmar: “Bunyodkor”da yarim himoyachilar faol bo'lishmadi”

Osiyo chempionlar ligasining 2-turidan o'rin olgan bahsda “Bunyodkor” o'z maydonida “Al Jaish”ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Qatar klubi bilan kechgan bahsda mehmonlarning braziliyalik hujumchisi Nilmar ikkita golga mualliflik qildi. Uchrashuv yakuniga etgach, bu futbolchidan intervyu oldik.

- Nilmar, bo'lib o'tgan o'yin haqida nima deya olasiz?
- Bahs qiyin kechdi, chunki maydon holati yaxshi o'yin ko'rsatishimizga xalaqit berdi. Birinchi golni urib olganimizdan so'ng jamoalar ochiq futbol namoyish etishdi. “Bunyodkor” asosan “ikkinchi qavat”da ustunlik qildi va ular ko'proq uzoq masofalarga to'p oshirish orqali o'yinni olib borishdi. Biz esa erdan o'ynashga harakat qildik.

- Ikkita golni ham go'yoki osongina urgandek bo'ldingiz. Sizga ham shunday tuyuldimi?
- Men – hujumchiman, vazifam esa imkon qadar bo'sh joylarni topish hisoblanadi. To'p erdan o'ynalganda o'zimni juda erkin his qilaman va bu vaziyatda himoyachilardan o'zib ketish osonroq tuyuladi.

- Qaysi o'yin qiyin bo'ldi: “Fulad” bilan kechgan uchrashuvmi yoki “Bunyodkor”ga qarshi bahsmi?

- Qatardagi bellashuvda “Fulad” faqat himoyalangandi, shu bois ularga qarshi to'p surish oson bo'lmadi. “Bunyodkor” bilan kechgan uchrashuvda esa dastlabki 15 daqiqa biroz yopiq futbol namoyish etildi. Keyin har ikki jamoa ham hujumkor taktikani tanladi. Bu esa bizga qo'l keldi.

- “Bunyodkor”ning asosiy muammosi nimada bo'ldi?
- Raqib yaxshi himoyalandi, biroq hujumda omadi kelmadi. Qolaversa, “Bunyodkor”da yarim himoyachilar faol bo'lishmadi.

- Stadiondagi muhit haqida nima deya olasiz?
- Qatarda bunchalik ko'p muxlis qarshisida to'p surishga o'rganmaganmiz. Menga ishqibozlarning qo'llab turishi yoqdi.

Garchi raqib jamoa safida to'p surgan bo'lsam-da, ishqibozlarning ko'pligi ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

- Osiyo chempionlar ligasi saviyasi haqida fikringiz?

- Bu musobaqada teng kuchli jamoalar nisbatan ko'proq. Masalan, Evropada favoritlar bor, Osiyoda esa deyarli yo'q. Istalgan jamoa OCHLda zafar quchishi mumkin.

- “Nasaf” va “Bunyodkor”ni o'zaro taqqoslay olasizmi?
- O'z maydonimizda “Nasaf” bilan kechgan bahsda bunchalik qiynalmagandik. CHunki bizda maydon holati yaxshi va bemalol o'z o'yinimizni namoyish etishimiz mumkin. Men uchun “Bunyodkor” kuchliroq ko'rindi.

- Qatarda to'p surish sizga maqul kelyaptimi?
- Boshida kelganimda yangi jamoaga kirishib ketish oson bo'lmagandi. Ayniqsa, mahalliy muhitga. Hozir esa o'zimni ancha erkin his qilyapman.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика