So’nggi yangiliklar

01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  3 23:54АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Ньюкасл" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Nikola Stoshich - "Buxoro"ning har qanday holatda ham bo'shashishga haqqi yo'q" Yangiliklar

Nikola Stoshich - "Buxoro"ning har qanday holatda ham bo'shashishga haqqi yo'q"

Pro liganing 24-turida uyda "Turon"ni mag'lub etgan "Buxoro" Superligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi.

Bu o'yinda jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shgan serbiyalik darvozabonga bir nechta savollar bilan murojaat qildik. 

Buxoro

Ro’zimboy Ahmedov - 48'

PRO liga. 24-tur

01/11/2022, 17:00

0
:
1
Tugadi

Turon

45'
90'
48'  Ro’zimboy Ahmedov

- Nikola g'alaba bilan tabriklaymiz. "Buxoro" Superliga sari katta qadam tashlagan uchrashuvdan qanday taassurotlar qoldi?

- Biz final uchrashuvida maydonga tushdik. To'g'ri o'yin Pro liga doirasida o'tkazildi. Biroq chinakamiga ikki jamoa uchun finalga teng bahs edi. Maydonda ko'p kuch sarflandi, asabiy holatlar ko'p bo'ldi. Murabbiylarning ko'rsatmalarini to'g'ri bajarishimiz evaziga ijobiy natija erishdik. 

- "Buxoro" Superliga yo'llanmasi masalasini hal qildi, desak bo'ladimi?

- Bu haqida avval ham aytganman. Superligaga chiqish masalasi oxirgi turdan so'ng hal bo'ladi. Oldinga katta siljish qildik. Qolgan 3ta uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Har qanday holatda ham bo'shashishga haqqimiz yo'q. 


- Hakim Fuzaylov bilan avval "Istiqlol"da birga ishlagansiz. "Buxoro"ga kelishingiz bevosita ushbu mutaxassis bilan bog'liqmi?

- Hakim Qayumovich bilan 2019 yil "Istiqlol"da birga ishlaganmiz. SHu bois mavsum boshida "Buxoro"ga taklif qildi. Ochig'i bu haqida o'ylamagandim. 2021 yil "Dinamo"ni Superligaga olib chiqdi. O'ylaymanki, bu ishni "Buxoro"da ham takrorlashga yaqin turidi. 

- Avval Tojikistonda to'p tepgansiz. Endilikda O'zbekiston Pro ligasida debyut qildingiz. Avval o'ynagan mamlakatlaringizdan farqli o'laroq bu erda nima ajablantirdi?

- Ochig'i O'zbekistonda o'zimni juda yaxshi his qilaman. Biz bir oilamiz. Bo'sh kunlarda palov tayyorlaymiz. Maqsadimiz yo'lida dadil intilmoqdamiz. Bu erda muxlislik ham ajoyib darajada. Ular futbolni yaxshi ko'rishadi. Pro ligaga kelsak, juda qiyin musobaqa. Jamoalarning darajasi deyarli teng. Oddiy uchrashuvlar yo'q. 

- O'zbekiston kubogi finalini ko'rdingizmi?

- Buni haqiqiy futbol bayrami deyish mumkin. O'yin atrofidagi ajoyib atmosfera maydonda ham bo'ldi. O'yinni stadiondan tomosha qildik. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика