So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  0 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  12 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  401 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Nike vs Adidas. Jahon futbolini egallash uchun kurash Yangiliklar

Nike vs Adidas. Jahon futbolini egallash uchun kurash

Teglar :  AdidasNike
Biz do'st va tanishlarimiz bilan deyarli har kuni Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu borasida bahslashamiz, ushbu ikki futbolchiga homiylik qiluvchi "Adidas" va "Nike" ham o'z mijozlari kabi futbolda gegemonlikka intilmoqda.

Nike vs Adidas

1924 yilda asos solingan "Adidas" XX asrda bozor qiroli bo'lgan va hech qaysi kompaniya nemis monopoliyasi bilan kurashishni xatto tasavvur ham qila olmas edi.


90 yillar o'rtalarida AQSHning "Nike" kompaniyasi surbetlarcha etakchilar safiga qo'shilib oldi va hozirgacha boshqalardan bir qadam oldinda bo'lib kelmoqda.


Bu ikki mahluqlar bahsida har qanday dopingga ruhsat berilgan:

Aql bovar qilmaydigan marketing uslublari, virusli rekamala roliklari, o'nlab futbol va boshqa sport yulduzlari bilan shartnomalar va halokatli kasalliklar shifosidan ko'ra ko'proq mablag' ketadigan tadqiqot laboratoriyalari. Nemis kompaniyasi 2010 yilda bu maqsad yo'lida 102 mln. evro sarfladi.

Adidas reklama roligi (Tas-ix emas)


"Nike" reklama roligi (Tas-ix emas)


Bozor


Tijorat nuqtai nazaridan "Adidas" deyarli barcha sohada "Nike" dan orqada ko'rinadi:

Amerikaliklarning 2014 yildagi sotuvdan tushgan mablag'i 27 mlrd. dollarni tashkil qildi, nemislarda esa 16 mlrd. Euromonitorning malumotlariga ko'ra, "Nike"ning bozordagi ulushi 14,6%ni, "Adidas"niki esa 11,4%ni tashkil qilgan. Yankilar 2014 yilda markenting uchun 3 mlrd. dollar, evropaliklar esa - 2 mlrd.ga yaqin ishlatishdi.


Futbol

Jahon chempionati


Bu kompaniyalar asosiy etiborni jahonda eng ommalashgan sport turi - futbolga qaratishgan. 2014 yilda o'tgan jahon chempionatida ishtirok etgan terma jamoalarning o'ntasiga "Nike", 9 tasiga "Adidas" homiylik qilgan. "Nike" quyidagi futbolchilar bilan shaxsiy shartnoma imzolagan: Krishtianu Ronaldu, Andres Inesta, Xerard Pike, Ueyn Runi, Neymar. 


"Adidas"da esa Ozil, o'sib borayotgan Xames, mayus Torres va Kasilyas bo'lgan. Nemislarning asosiy quroli Lionel Messi edi.


 "Adidas"ning mundialdagi yana bir ustunligi FIFA bilan hamkorligi va jahon chempionatida nemis kompaniyasi ishlab chiqargan Brazuka to'pidan foydalanilishi bo'ldi.


 Braziliyadagi jahon chempionatida "Adidas" g'alaba qozondi desak bo'ladi, chunki finalga ushbu kompaniya homiylik qiladigan ikki terma jamoa, Argentina va Germaniya chiqdi. Buning ustiga "Adidas" kiyimidagi uch formalarida o'ynagan uch futbolchi - Messi, Myuller va Xames chempionat to'purariga aylandi.



Evropa top-5 chempionatlari

Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida muntazam ravishda "Nike" to'plaridan foydalaniladi. 


2000 yildan beri ustunlik qilayotgan amerikaliklar kompaniyasi asta-sekin raqobatda "Adidas"ga imkoniyatni boy berib qo'ymoqda. Bunga sabab, Evropa grandlari 2015-2016 mavsumdan boshlab "Adidas"ga o'tdi.



"Nike"ning asosiy yutug'i "Barselona" hisoblanadi. Hozirgi kunda Kataloniya klubi o'zining g'alabali odimlari bilan muxlislarni va "Nike"ni xursand qilib turibdi, ammo klub osmoniga qora bulutlar kelib qolsa, AQSH kompaniyasining holiga voy bo'lishi mumkin.


O'zbekiston

O'zbekiston chempionatiga keladigan bo'lsak, futbolimizda JOMA gegemonlik qilmoqda. Ushbu kompaniya oliy liga klublarining yarmidan ko'piga forma etkazib beradi, buning ustiga ular terma jamoamiz homiyi ham hisoblanadi. "Adidas"dan faqat "Paxtakor", "Nasaf" va "Olmaliq" foydalanadi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика