So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  7 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

NIGERIYA - ARGENTINA - 2:3. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

NIGERIYA - ARGENTINA - 2:3. MATNLI TRANSLYACIYA

JCH-2014 doirasidagi Nigeriya va Argentina o'rtasidagi bahsning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

JCH-2014. “F” guruhi. 3-tur
NIGERIYA – ARGENTINA 2:3
Bosh hakam:
Nikola Riccoli (Italiya)
Gollar:
0:1 – 3 Messi,  1:1 – 4 Musa,  1:2 – 45 Messi,  2:2 – 47 Musa,  2:3 – 50 Roxo.
Nigeriya
Enema, Embrouz, Omeruo, Yobo, Oshaniva, Obi Mikel, Onazi, Odemvingi (Nvofor, 80), Babatunde (Uchebo, 66), Musa, Emenike.
Argentina
Romero, Sabaleta, Garay, Fernandes, Roxo, Maskerano, Gago, Di Mariya, Messi (Alvares, 63), Iguain (Bigliya, 90), Aguero (Lavessi, 38).
Ogohlantirishlar:
Omeruo (49), Oshaniva (51).

                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH



90 - Uchrashuv yakunlandi. Argentina 1, Nigeriya 2-o'rinni egalladi.

89 - Iguain o'rniga Bilya tushirildi.

84 - Argentina o'yinni shu natija bilan tugatish maqsadida himoyada o'ynamoqda. Lekin himoyachilar qo'pol xatolar qilishyapti. Nigeriya esa bundan foydalana olmayapti.

80 - Afrikaliklar o'yindagi ustunlikni qo'lga olishdi. Biroq bu darvozaga zarba berish uchun ham etarli bo'lmayapti.

73 - Nigeriya oldinga o'tishga urinyapti, biroq aqlliroq o'ynash etishmayapti.

65 - Yana birinchi bo'limdagi vaziyat. Tezkor gollardan keyin xotirjam o'yin.

63 - Messi o'rniga Alvares maydonga tushirildi.

56 - Endi jamoalar yana xotirjam o'ynashga tushishdi.

51 - Ikkinchi bo'limni ham jamoalar hujumkor ruhda boshlashdi.

49 - GOOOOL! Roxo, Argentina oldinga chiqdi, 3:2. Lavessi burchadan to'pni oshirgach, himoyachilar orasidan o'tgan to'p Roxoning tizzasiga tegib, darvoza to'ridan joy oldi. Markosning o'zi ham nima bo'lganini unchalik tushunmagandir, lekin gol va Argentina oldinda.

47 - GOOOOL! Argentinada Messi bo'lsa, Nigeriyada Ahmad Musa! U yana muvozanatni tikladi. Himoyachilar nima qilishganini ularning o'zi biladi. Musa deyarli oldida hech kim yo'qday osonlikcha ulardan o'tib ketdi. Fint ham ishlatib o'tirgani yo'q. To'pni sherigiga oshirdi, qabul qildi, yugurdi va tepdi, 2:2!

- Ikkinchi bo'lim boshlandi.


- Birinchi bo'lim yakunlandi. O'yin surati juda tez emas. Nigeriyaga aql, Argentinaga esa tezlik va jamoaviy harakatlar etishmayapti. Boshqa guruhlarda o'ta yuqori tezlikdagi o'yinlarga guvoh bo'lgandik.

45+1 - GOOOOL! Nigeriya yana o'yin qoidasini buzdi. 23 metrlardan darvoza to'g'risidan belgilangan jarimani Messi darvozaga yo'lladi. Enyama esa poziciyani noto'g'ri tanlagani takroriy lavhada ko'rinib qoldi. U o'ng tomonga yaqinroq turib qoldi va zarbaga reakciya berishga ulgurmadi.

44 - Messining 25 metrlardan jarimadan tepgan to'pini Enyama qaytardi. Nigeriyaliklar posboni tezkor reakciyasi va sakrashi tufayli zarbalarni osonlikcha qaytarmoqda.

42 - Nigeriya raqibga erkin harakat qilishga imkoniyat bermayapti.

38 - Aguero oyog'idan lat edi. Uning o'rniga Lavessi maydonga tushirildi.

30 - Di Mariyaning yana bir kuchli zarbasi yo'liga Enyama to'siq bo'ldi. To'pni burchakka chiqarib yubordi.

27 - Odemvingining uzoq masofadan bergan zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi.

26 - Di Mariyaning ajoyib to'p oshirishidan keyin Messi va Iguain to'pga salgina kech qolishdi. Aks holda, bo'sh darvozaga to'p kiritish qiyinchilik tug'dirmasdi.

23 - Nigeriya pozicion hujumlar tashkil etishga urindi, ammo bu samarasiz chiqdi. Argentinada esa hujumkor futbolchilar o'rtasidagi bog'liqlik hali yuqori darajada emasdek. Nigeriyaning himoyada yaxshi o'ynayotgani ham bunga sabab bo'lishi mumkin.

18 - Bu kuchliroq raqib bilan himoyalanishda muammo tug'dirishi mumkin. Guruhda ularga bunday qiyinchilik Bosniya tomonidan taqdim etildi.

17 - Tezlik yuqori emasdir, lekin ko'plab keskin holatlar yuzaga kelmoqda. Argentinada Di Mariya, Iguain, Messi va Aguero boshqalardan yaqqol ajralib qolgan holda harakat qilmoqda.

10 - Iguain yakkama-yakka vaziyatda darvozabonni aldadi, biroq to'pni noaniq tepdi. Yon hakam esa ofsaydni qayd etmay xatoga yo'l qo'ydi.

9 - Di Mariyaning uzoqdan tepgan to'pini Enyama qaytarib yubordi. Mariya bugun hozircha o'yinda eng faol.
7 - Jamoalar o'yinni quvnoq holda boshlashdi. Ketma-ket hujumlar va gollar. Bunday o'yin barchaga maqul keladi.
4 - GOOOOOL! Nigeriya bir daqiqa ichida hisobni tenglashtirmoqda! Qoyil. Musa to'pni jarima maydoni ichida qabul qildi va o'ng oyog'ida uzoq burchakka to'pni mixladi. Bu golni Anri uslubida urildi deyish mumkin. Balki, Kaka uslubida.
3 - GOOOOL! Hisob ochildi. Di Mariyaning zarbasidan keyin Enyama to'pni qaytardi, lekin qaytgan to'pga birinchi blib etib kelgan Messi osonlik bilan bo'sh qolgan darvozaga aniq zarba yo'lladi.
- Boshlandi. Argentina to'pni birinchi bo'lib tepdi.
- O'yin sharhini sizlarga Behzod Nazarov taqdim etadi.
- Argentina durang o'ynasa ham guruh g'olibi, Nigeriya durang o'ynasa, keyingi bosqichga chiqadi. Nigeriya yutsa guruh g'olibi bo'ladi. Agar yutqazsa, Eronning g'alaba qozonmasligiga umid qiladi.
- Jamoalar madhiyalari yangramoqda.
- Bir ozdan keyin Nigeriya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi bahsga start beriladi.
- Bahs soat 21:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика