So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Neymar "Vest Xem"ga, Riberi "CHelsi"ga, Aguero "Bavariya"ga o'tishi mumkin edi... Yangiliklar

Neymar "Vest Xem"ga, Riberi "CHelsi"ga, Aguero "Bavariya"ga o'tishi mumkin edi...

SHu kabi ehtimoliy transferlar haqida eshitganmisiz?

2010 yil. Neymar – "Vest Xem Yunayted"

Dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri Neymar 2010 yilda Premer-ligaga o'tishi mumkin edi. Yani, "Vest Xem Yunayted" klubi hujumchi uchun 30 million funtga yaqin pul berishga roziligini bildirgan. Avraam Grant boshchiligidagi London klubi braziliyalik super istedodni uzoq kuzatadi. Klub "Santos"ga rasmiy taklif bilan chiqqan, ammo kelisha olmagan. Balki "bolg'achilar"ning o'sha paytdagi autsayderlik o'rni Juniorni klubga rad javobini berishiga sabab bo'lgandir.

SHunday qilib, Neymar 2013 yilda "Barselona"ga o'tdi. Malumot o'rnida, kataloniyaliklarning azaliy raqibi – "Real" klubi ham Neymar uchun kurash olib borgandi, yakunda futbolchi "ko'k-anorranglilar" libosini kiyishni afzal ko'rgan.

2006 yil. Serxio Aguero – "Bavariya" 

2006 yilda "Bavariya" superklubi hujumchi Kun Agueroga jiddiy qiziqish bildirgan. Myunxen klubi argentinalik hujumchi uchun 4 million evro berishi mumkin edi. 

Karl-Xaync Rummenigge bu futbolchi "Bavariya"ga kelishi kerakligi haqida fikrlarini ochiq bayon qiladi. Lekin o'sha paytdagi "nemis mashinasi" bosh murabbiyi Feliks Magat Agueroni hatto ushbu pullargada arzimasligini takidlab, uni "dangasa" deb ataydi. So'ngra ushbu mavzu yopiladi. Endi "Bavariya" har qancha urunsa ham Aguero o'z hohishi bilan klubga kelmasligini hamma anglab etgan edi.

2014 yilgi mavsumda "Manchester Siti" "Bavariya"ga qarshi CHempionlar Ligasi doirasida bahs olib boradi hamda Serxio xet-trikni amalga oshiradi. 

2010 yil. Frank Riberi – "CHelsi" 

Franciya tarixidagi eng yaxshi futbolchilarida biri bo'lmish Frank Riberi 2010 yilda "CHelsi" nazariga tushadi. Karlo Anchelotti boshchiligidagi London klubi Frankning transferiga jiddiy harakat boshlaydi. "Bavariya" bilan so'nggi shartnomasi 2011 yilda tugashi kerak bo'lgan futbolchini nemis klubi sotishni istagan va franciyalikning tekinga ketmasligi uchun takliflar ko'rib chiqila boshlangan. 

Frankning o'zi klubdan ehtimoliy ketishi mumkinligi haqida shunday degandi: "Myunxenda baxtliman. Klub bilan yangi muzokaralar boshlashimiz mumkin. Agar "Bavariya"dan ketsam, Ispaniyada o'ynagan bo'lardim". 

Futbolchi hamda "CHelsi" o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tganligi haqida xabarlar tarqalgan, lekin Riberi "Bavariya"ning yangilangan taklifiga so'nggi kunlarda rozilik bildirgan.

2020 yil. Luis Suares – "Yuventus"

2020 yilda "Barselona" bosh murabbiyligiga Ronald Kuman kelganidan so'ng jamoada o'zgarishlar qilishga qaror qildi. Tarkibdagi bazi yoshi katta futbolchilarga chiqish eshiklari ko'rsatila boshlandi. Ularning orasida Luis Suares ham bor edi. Jamoaga yosh futbolchilarni jalb etib, o'yinni ular orqali qurish, shuningdek, pandemik vaziyat tufayli inqirozdan chiqib ketish uchun futbolchilardan voz kechish rejasi bor edi. 

SHu yilning qishki tranferlar mavsumida Suaresning "Yuventus" futbolchisiga aylanishiga bir baxya qolgandi. Turin klubi futbolchini Ronaldu bilan tandem yaratishi haqida o'ylab, ushbu transferni amalga oshirishga jiddiy harakat qiladi. Qishki transfer oyi o'rtalarida Suaresning "Yuventus"ga o'tmasligi oydinlashadi. Tomonlar moliyaviy tarafdan kelisha olishmaydi hamda urugvaylik hujumchi jamoada qolib, yozda "Atletiko" bilan shartnoma imzolaydi. Muxlislar esa  ushbu "ayriliq" uchun Kumandan hali hamon norozi.

2015 yil. David de Xea – "Real Madrid"

2015 yili "Real” Madrid" David de Xea bilan shartnoma tuzishga jiddiy(!) kirishgan. "Manchester Yunayted" hamda "qirollik klubi" vakillari kiperning transferini 29 million evro evaziga tasdiqlashadi. Biroq David Madridga kelmagan. 

Ispaniyalik posbonning "Madrid" klubiga qanday qilib o'tmay qolgani haligacha "Real" muxlislari uchun taajjublanarili holat. Gap shundaki, ikki tomon transfer mavsumining so'nggi kunlarida kelishuvga erishadi. Ammo posbonning transferini rasmiylashtirish vaqtida printer bilan muamma yuz berishi tufayli jarayon kechikadi hamda hammasi barbod bo'ladi. Bu Madrid klubi muxlislari uchun alamli bo'lgan. Lekin Keylor Navas darvozani munosib qo'riqlagan, deb bemalol ayta olamiz.

SHuhrat Homidov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика