Nevill: "MYU "Man Siti"ning maqsadiga etishiga to'sqinlik qila oladi"
16 may 2023 22:19
Yangiliklar
Nevill: "MYU "Man Siti"ning maqsadiga etishiga to'sqinlik qila oladi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevillning fikriga ko'ra, "qizil iblislar" 3 iyun kungi Angliya Kubogi finalida "Manchester Siti" ustidan g'alaba qozonishi mumkin.
"Mavsum boshidan buyon barcha muxlislar "Manchester Siti"ga katta etibor berib kelishmoqda. Agarda trebl qayd etilmasa, muxlislar jamoadan xafa bo'lishi mumkin. CHunki ular har bir o'yinda favorit sifatida bo'lishga o'rganib qolishdi.
Xursandman, "Manchester Yunayted"da "Manchester Siti"ga trebl qayd etishiga halaqit qilish imkoniyati bor. Buni men "Manchester Yunayted" yarim finalda "Brayton" bilan o'yindan oldin istagandim.
"Uembli"da "Siti"ga yaxshigina chorlov berish mumkin. CHunki bu maydonda chiroyli o'yin ko'rsatish juda qiyin. CHunki ko'plab jamoalar "Uembli"ni o'z uyidagidek his qila olishmaydi va shu tomondan "Yunayted" o'sha kuni "Siti"ga qiyin bo'lishiga harakat qilishi kerak", - dedi Nevill.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar