So’nggi yangiliklar

20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  29 20:20"Арсенал" — "Лидс". Таркиблар маълум  0 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  40 19:30Суперлига. ОКМК - "Хоразм" 1:1 (матнли трансляция)  4 19:10БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" ўз уйида "Ал Айн"ни қабул қилмоқда, Абдуллаев илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  0 18:56А Серия. Бугун "Наполи", "Милан" ва "Рома" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтади  0 18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  39 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  0 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  2 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  6 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  29

Nemischa oqshomdagi, nemischa g'alaba Yangiliklar

Nemischa oqshomdagi, nemischa g'alaba

Ayni paytda jahon futboli ixlosmandlarining bor etiborlari Braziliya yashil maydonlarida bo'lib o'tayotgan 20-jahon chempionatiga qaratilgan.
Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari o'zbekistonliklarga noqulaylik tug'dirsa-da, o'zini ashaddiy futbol muxlisiman degan har bir inson bahslarni bevosita to'g'ridan-to'g'ri efirda tomosha qilyapti. Uchrashuvlarni kuzatganda ham, oddiy holatda emas, balki turli kafe-barlarda, ko'ngilochar joylarda yoki do'stlar davrasida. 16 iyun kuni jahon chempionati 1-turining eng markaziy uchrashuvi Germaniya va Portugaliya terma jamoalari o'rtasida kechdi. Ushbu markaziy o'yinni haqiqiy bayramona muhitda kuzatish uchun yurtimizdagi Germaniya elchixonasi xodimlari ajoyib loyihaga qo'l urishdi. Elchixona xududidagi tabiat qo'ynida 200ga yaqin futbol muxlislari ulkan ekranda o'yinni tomosha qilishdi.




Saytimiz xodimi Behzod Nazarovni qiyshiq va o'xshamagan zarbasi



Uchrashuv oldidan tashkil etilgan turli ko'ngilochar tadbirlar yig'ilganlar kayfiyatini ko'tardi. Ayniqsa, 7 metr masofadan mahsus xalqaga futbol to'pini to'g'ri tepish judayam qiziqarli o'tdi. Bir qarashda osondek ko'ringan shart aslida juda murakkab ekanligini uni bajargach sezdik. Xatto Toshkentning Lokomotiv klubi bosh murabbiy Vadim Abramov to'rtta imkoniyatdan atigi bir bor xalqaga to'pni to'g'ri yo'llagani ham shart murakkab ekanligini ko'rsatib turibdi.

SHuningdek, uchrashuv arafasida elchixonaga taklif etilgan mehmonlar maxsus kuponga o'zlarining Germaniya  Portugaliya uchrashuviga tahminiy hisoblarini yozib qoldirishdi. O'yin yakunida esa hisobni to'g'ri topgan muxlisga Germaniya elchixonasi tomonidan maxsus sovrin tasis etilgan edi. Afsuski, o'sha kungi sovrin o'z egasini topmadi. Yig'ilganlar orasida 3:1, 4:1, 5:0 hisobida Germaniya g'alabasini bashorat qilganlar bor bo'lsa-da, aynan 4:0 hisobini hech kim yozib qoldirmagan ekan.




Saytimiz legioneri Bahodir Pishur


Germaniya  Portugaliya uchrashuvining 1-bo'limidan keyin elchixona vakili tomonidan yig'ilganlarga jahon chempionatlari va Germaniya terma jamoasiga oid turli xil savollar o'qib eshittirildi. To'g'ri javob egalari sovg'alar bilan taqdirlandi.

Ajoyib tadbirning yuqori notada yakunlanishiga eng asosiy hissani Germaniya terma jamoasi futbolchilari qo'shishdi. Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya termasi darvozasiga javobsiz to'rtt gol yo'llagan germaniyaliklar yurtimizda tashkil etilgan nemischa oqshomni bezab berishdi.
Tashkil etilgan ushbu tadbir uchun yurtimizdagi Germaniya elchixonasi vakillariga minnatdorchilik bildiramiz.

Bahodir MIRZAEV

Foto: facebook.com/olmoniya. Muallif Husniddin Ato.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика