Nemis ittifoqi Xitoy U20 terma jamoasining to'rtinchi diviziondagi ishtirokini to'xtatdi
24 noy 2017 20:14
Yangiliklar
Nemis ittifoqi Xitoy U20 terma jamoasining to'rtinchi diviziondagi ishtirokini to'xtatdi
Nemis futbol ittifoqi Xitoy yoshlar terma jamoasining mamlakat to'rtinchi divizionidagi ishtirokini to'xtatdi.
Bunday qaror "SHott Maync" hamda xitoyliklar o'rtasidagi bahsda Xitoydan mustaqil bo'lib chiqishni istagan Tibet bayrog'i paydo bo'lgani tufayli qabul qilindi. Xitoylik futbolchilar bu ish tufayli birinchi bo'limning o'rtasida maydonni tark etishdi va bayroq tribunadan olinganidan so'ng maydonga qaytishdi.
Nemis ittifoqi 2018 yilning boshigacha xitoyliklarning ishtirokini to'xtatdi. Bu vaqt ichida ular sodir bo'lgan voqeani muhokama qilishadi.
Fikrlar