So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Nematulla Qutiboev: “Imkoniyatimizdan kelib chiqib jamoa tuzdik” Yangiliklar

Nematulla Qutiboev: “Imkoniyatimizdan kelib chiqib jamoa tuzdik”

Nukusning “Orol” jamoasi bu yil ham birinchi ligada ishtirok etadi. Xo'sh, jamoa mavsumga tayyormi?
SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida bosh murabbiy Qutiboev bilan bog'landik.

- Siz boshchilik qilayotgan “Orol” haqida muxlislarda etarlicha malumot yo'q. SHu bois jamoangizning bu yilgi mavsumga ko'rgan hozirligi borasida o'zingizdan eshitsak degandik?
- Qishki yig'inlarni asosan o'z qarorgohimizda o'tkazdik. Kuniga ikki mahaldan shug'ullandik. Rasmiy o'yinlar boshlanishiga oz muddat qolgani uchun endi kuniga bir mahaldan mashg'ulot o'tkazilmoqda.

- O'tgan yili o'zini ko'rsata olgan Azamat Ilyosovning “Neftchi”ga o'tganini yaxshi bilamiz. Aytingchi klub bu transferdan qanchalik foyda ko'rdi?
- O'zingiz bilasiz moliyaviy masalalarga to'xtalishni avvaldan istamaganman. Buni rahbariyat hal qiladi. Oliy liga jamoasi tomonidan qanchadir miqdorda pul berilgan bo'lishi kerak. Lekin bu borada aniq summani ayta olmayman.

- Yuqorida nomi keltirib o'tilgan futbolchidan tashqari yana kimlar jamoani tark etdi?
- Ilyosovdan boshqa Ollayor Reimov bilan ham xayrlashdik. U “Xorazm”da o'ynashga qaror qildi.

- Yo'qotishlar o'rnini to'ldirish maqsadida kimlarning xizmatiga tayanmoqdasiz?
- Ochig'ini aytganda, mahoratli o'yinchilarni katta pullar evaziga olib kelish imkoniyatimiz yo'q. SHu bois asosan mahalliy yoshlarni tarkibga jalb etdik. Ularni endi tarbiyalab boramiz. Hozir safimizda eng tajribali futbolchilar deb Mansur Abdullaev bilan Murotboy Abdumurotovni aytishim mumkin. Qolganlar 1994 yil va undan kichik yoshdagi yigitlardir.

- Yoshlarga etibor qaratayotganingiz yaxshiku, lekin bu tarkib bilan kuchli sakkiztalikka kirishga ko'zingiz etyaptimi?
- Albatta bu oson bo'lmaydi. Biroq nailoj imkoniyatimizdan kelib chiqib jamoa tuzdik. Iloji boricha keyingi bosqichga chiqishga urinamiz.

- Tan olish kerak, o'tgan yili “Orol” moliyaviy muammolar tufayli ancha qiynalib qolgandi. Bu borada ayni damdagi xolat qanday?
- PFLga o'tgan yilgi qarzdorliklarni to'lab bo'ldik. Umuman olganda o'tgan yilgi hisob kitob ishlari qilindi. Hozirgi paytdagi moddiy imkoniyatimizni esa.... (Biroz o'ylanib – I.R) O'zingiz ko'ryapsizku, yana bundan tashqari nima ham deyish mumkin. Rahbariyat joriy mavsum bu borada muammo bo'lmasligini aytmoqda. Qolganini vaqt ko'rsatadi.   

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика