So’nggi yangiliklar

20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  2 20:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Италия билан ўйиндан олдинги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  1 20:12"Шармандалик, бу шармандалик!"  19 20:10Нурбек Сарсенбаев: "Италия қарши ҳужумда Хорватиядан кўра анча хавфли"  1 19:51Муҳаммадали Мусахонов: "Италия билан учрашувда бор кучимиз билан ҳаракат қилиб, давлатимиз байроғини юқорига кўтарамиз"  0 19:28Ислом Исмоилов: "Италия — нафақат Европанинг, балки мундиалнинг энг кучли жамоаларидан бири"  5 19:10Ўзбекистоннинг италиялик таҳлилчиси Каннавародан таклиф, "Squadra Azzurra"нинг муваффақиятсизлиги ҳамда U-17 жаҳон чемпионати нимчорак финали ҳақида гапирди  0 18:48AS: Зидан ёзда Франция терма жамоасини бошқаради   0 18:27Конате "Ливерпуль" билан янги шартномаси ҳақида: "Бу мураккаб жараён, биз ҳамма нарсани айта олмаймиз"  1 18:00U-19 чемпионати. "Пахтакор" "Насаф"ни 3 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, чемпионликни тантана қилди  21 17:04"Милан" "Реал" дарвозабонига эътибор қаратди  0 16:29"Бухоро" – "Нефтчи" учрашувидаги четлатиш тўғри қарорми? Суперлиганинг 28-туридаги ҳакамлик таҳлили  3 16:07"Барселона" ёзда "Боруссия Д" ҳимоячиси билан шартнома имзолашга ҳаракат қилади  0 15:40Меҳди Ҳошимнажот: "Кўпчилик Миср финалга чиқади деб ўйлаганди"  9 15:13Суперлига. 29-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  10

Nematillo Quttiboev: "Xato qilgan jazosini oladi" Yangiliklar

Nematillo Quttiboev: "Xato qilgan jazosini oladi"

Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Aral" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Qiziqarli o'yin bo'ldi. "SHo'rtan" o'tgan turda "Mashal"ga qarshi bahsdan so'ng bizga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rishi aniq edi. To'g'risini aytganda, bugun mezbonlar bizdan ko'ra yaxshiroq o'ynashdi.


- Bugun "Aral" qaysi chiziqda yaxshiroq o'yin namoyish etdi?


- Himoyada yaxshiroq o'ynadik. Birinchi bo'limda 25 daqiqa yaxshiroq o'ynadik. Keyin mezbonlar o'yinni kuchaytirishdi.


- Goldan so'ng qarshi hujumda jamoa raqibni tutmoqchi bo'ldi. Biroq xato evaziga gol o'tkazib yubordi deb hisoblaysizmi?


- Yo'q, xato emas. Bu raqib hujumchichisining mahorati evaziga yuzaga keldi. Aslida golli vaziyat emasdi, kutilmaganda to'pni oldirib qo'ydik.


- Bosh bilan keskin kurash yuzaga kelgandagi vaziyatni qanday baholaysiz?


- Har ikki jamoa vakili birdek harakat qildi. Bu bilan o'z futbolchimni oqlamoqchi emasman. Biroq menga ko'rinishicha, har ikki futbolchi harakatni bir vaqtda boshladi.


- Qizil kartchochkaga munosabatingiz?


- To'g'ri berildi deb o'ylayman. Xato qilgan jazosini oladi.


- "Nasaf" jamoasi himoyachisi Javohir Otamurodov bilan shartnoma imzolagandinglar. SHu yigit ko'rsatayotgan o'yin haqida fikringiz?


- Javohir bizlarga kech qo'shildi. Hozir unda jismoniy holati yaxshi emas. Ko'rayapmiz, u jamoamizda o'ynab keta oladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика