Nemanya Matich: Braziliya bilan o'yinda bizga mahorat etishmadi
28 iyu 2018 09:48
Yangiliklar
Nemanya Matich: Braziliya bilan o'yinda bizga mahorat etishmadi
Serbiya termasi azosi Braziliya bilan o'yindan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Guruhdan chiqish uchun biz SHveycariyaga ham Braziliyaga qarshi ham qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik. Biz harakat qilgan bo'lsakda, hammasi yanada qiyinroq ekanligi oydinlashdi. Braziliya termasi safida ko'plab yaxshi o'yinchilar bor va ular juda ajoyib harakat qildi. Ularning ko'plab o'yinchilari kuchli chempionatlarda to'p suradi. Umuman olganda esa Braziliya musobaqa g'olibligiga asosiy davogarlardan biri. Raqib mahorat bobida bizdan ustun edi, bizga esa aynan mahorat etishmadi”,—dedi Matich.
Fikrlar