Nelson Lutin: "Ukrainani mag'lub etib, bronza medallarini qo'lga kiritishga harakat qilamiz"
04 okt 2024 13:12
Yangiliklar
Nelson Lutin: "Ukrainani mag'lub etib, bronza medallarini qo'lga kiritishga harakat qilamiz"
Futzal bo'yicha jahon chempionati yarim finalidan o'rin olgan Argentinaga qarshi o'yindan so'ng (2:3) Franciya terma jamoasi azosi Nelson Lutin saytimizga intervyu berdi.
"Tajribali va kuchli o'yinchilarga ega Argentina terma jamoasiga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. O'yin davomida yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo barchasidan unumli foydalana olmadik. Endilikda, Ukrainani mag'lub etib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.
Bu bizning ilk jahon chempionatimiz edi va bu katta tajriba va unutilmas bo'ldi. Umid qilamanki, keyingi mundiallarda bundanda yuqoriroq marralarni zabt etamiz", dedi Lutin.

Eslatib o'tamiz, 6 oktyabr kuni Franciya 3-o'rin uchun Ukraina bilan bellashadi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar