So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  22 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"Negrlar bilan gaplashmayman" – Evra-Suares voqeasi aslida qanday sodir bo'lgandi? Yangiliklar

"Negrlar bilan gaplashmayman" – Evra-Suares voqeasi aslida qanday sodir bo'lgandi?

Urugvaylik futbolchini biz tishlong'ich futbolchi sifatida yaxshi bilamiz. Bu esa boshqacha voqea.

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Patris Evra 2011 yili "Liverpul" tarkibida o'ynayotgan Luis Suares bilan bo'lgan voqea haqida gapirdi.

"Liverpul"ga qarshi yaxshi o'ynayotgandik. Suaresni burchakda ushlab qoldim, u esa menga ispanchada: "Menga tegma, negrlar bilan gaplashmayman", dedi. Balki u ispanchada gaplasha olishimni bilmagandir. Unga nima deganini qaytarishini so'radim, Luis esa javobini aniqligicha qaytardi: "Ha, to'g'ri tushunding, men negrlar bilan gaplashmayman".

Bosh hakam oldimizga kelib, nima bo'lganini so'radi. U mening ko'zimga qarab, barchasi joyidami deb imo qildi. Unga Suares meni irqiy kamsitganini aytdim. Hakam esa: "Tushunarli, o'yinni tugatib olaylik, keyin gaplashamiz. Ortiqcha harakatlarsiz o'yinni yakunlagin", dedi.

O'shanda o'yin vaqtida o'zimga gapirib yurdim: "Agarda hozir unga qarshi ish qilsam, odamlar faqat mening aybimni ko'rishadi. Ular menga nima deyilgani bilan qiziqishmaydi". O'zimga kela olmadim, o'yindagi nazoratni yo'qotdim.

O'yindan keyin ser Aleks menga nima bo'lganini so'radi. De Xea esa meni Suares haqorat qilganini aytdi. David ham buni eshitgan ekan. Bosh hakamning oldiga bordik va barcha voqeani aytdik. Ertasi kuni... BUM! Patris Evra - gazetalarda! Men buni faqatgina hakamlarga aytgandim.

"Yunayted" katta tanqid ostiga olindi. Odamlar: "Biz qamoqda o'tirib, "Liverpul"ga muxlislik qilyapmiz. Qamoqdan chiqishimiz bilan seni o'ldiramiz", - deb xabarlar yozishdi. Ikki oy davomida qo'riqchilar bilan yurdik. Dushmanlar mening uyim to'g'risida uxlagan paytlari ham bo'ldi. Juda qiyin davrlarni o'tkazdik. Aslida men qo'rqqanim yo'q, biroq oilam uchun xavotirda edim. Tushunmayman, odamlar nima uchun meni ko'ra olishmaydi? Ular haqiqatni bilishmas edi.

Suares barchani aldashni boshladi. U "negr" so'zi orqali "do'stim" degan manoni bermoqchi bo'lgan emish. Unga: "Bu mening ismim emas. Onam menga ism qo'ygan, rang emas", dedim. Mening ismim "negr" emas, Patris. Katta bahslar bo'ldi, "Sky Sports" esa shunday kadrlarni taqdim qildiki, Suares o'z aybini tan olishga majbur bo'ldi. Yakunda u 8 o'yinga chetlatildi va katta miqdorda jarimaga tortildi.

SHundan keyin "Liverpul" futbolchilari Suaresni qo'llab-quvvatlovchi liboslarda o'yinga chiqdi. Irqiy kamsitgani uchun uni diskvalifikaciya qilishdi, jarimaga tortishdi. Bundan jahlim chiqib ketdi.

Oradan 8 yil o'tib, Jeymi Karrager mendan bu borada uzr so'radi. To'g'risi hayron qoldim va "Liverpul"ni oldingidek hurmat qila boshladim. Xechdan ko'ra kech bo'lgani ham yaxshi ish bo'lgandi.

Sud vaqti kelganida men: "Qora rangli bo'lishdan faxrlanaman, uni jazolang", deganim yo'q. "Rasist sifatida etirof etish uchun Suaresni men yaxshi bilmayman", - deganman.

Suaresni hech qachon rasist demayman, chunki uni shaxsan tanimayman. ECHL finalida bir-birimizga qarshi o'ynaganimizda uning qo'lini siqib, samimiy gapirganman. Biroq odamlar va matbuotning bir gapiga hech tushunmayman, qachonki kimdir vaziyat qurboni bo'lsa: "Yig'lashni to'xtat" deb aytishadi. Tushunmadim, nima uchun yig'lashim kerak?", - dedi Evra.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика