So’nggi yangiliklar

14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  2 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  4 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  3 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  15 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  16 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  1

Nega "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlardan so'ng turli voqealar yuzaga kelmoqda? Yangiliklar

Nega "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlardan so'ng turli voqealar yuzaga kelmoqda?

"Paxtakor"ning oxirgi ikkita safardagi o'yini turli mojaroli voqealarga sabab bo'ldi.

Jamoa dastlab "Navbahor" maydoniga safar uyushtirib, 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Keyin esa o'tgan turda Buxoroda 2:0 hisobida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. 

Namangandagi o'yindan so'ng matbuot anjumanida xunuk voqea yuz berdi. Matbuot anjumaniga kirgan mahalliy muxlislar "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladzega o'z fikrlarini bildirishdan tashqari, Arveladze chiqib ketgach, nimadir sabab bo'lib ikkita muxlis bir-biri bilan tortishib qoldi. Natijada keyinchalik bo'lib o'tgan voqeani o'rganib chiqqan Tartib-intizom qo'mitasi "Navbahor" klubiga nisbatan jiddiy ogohlantirish berish bilan birga 10 million so'm miqdorida jarima qo'lladi. 

Buxoroda yuz bergan holatlar esa hammasidan oshib tushdi. Tribunalardagi tartibsizliklar, muxlislar tomonidan o'yinchilarga qarata baklajkalar otilishi, haqoratli so'zlar yangrashi, stadion suxandonining "Paxtakor" futbolchisi familiyasini chalkashtirib aytishi va hokazo. Ayniqsa, suxandonning o'yin oxirlarida maydonni tark etgan Igor Sergeevni "Paxtakor" tarkibida o'zgarish: maydonni Igor Babayan tark etmoqda, uning o'rnida Jasur Hakimov uchrashuvni davom etiiradi" deyishi ancha muhokamalarga sabab bo'ldi. 

Natijada PFL bu voqealarni ham etiborsiz qoldirmadi va tartib-intizom qo'mitasi qaroriga muvofiq klubni jami 55 million so'm miqdorida jarimaga tortdi. Qolaversa, agar shunga o'xshash voqea yana takrorlanadigan bo'lsa, "Buxoro" FK uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o'tkazishi yoki bo'lmasa neytral stadionda o'ynashi aytib o'tildi. 

Endi savol tug'iladi: nima uchun aynan "Paxtakor" ishtirokidagi oxirgi o'yinlarda shunday xunuk vaziyatlar yuzaga kelmoqda? 

Bu savolga javob berish uchun uzoq o'tmishni titkilash shart emas. Yaqin yillarda ro'y bergan voqealarni o'rganib chiqishning o'ziyoq etarli bo'ladi. Avvalo shuni aytish lozim, "Paxtakor" - O'zbekistonning eng tarixga boy klublaridan biri. Bir paytlar bu jamoa Vatanimizning bayroqdor jamoasi bo'lgan va bundan ko'z yumib bo'lmaydi. 

Viloyatlarda "Paxtakor"ni yomon ko'rishadimi? Bunday demagan bo'lardik. O'sha, oldingi "Paxtakor"ni qo'msaydigan yoshi katta avlod vakillari hozir ham butun mamlakat bo'ylab istagancha topiladi. Ammo jamoaning aytaylik, oxirgi o'n yilda olib borgan siyosati va ayniqsa klubning Samvel Babayan qo'l ostida o'tkazgan yillarda ro'y bergan ko'plab voqealar sabab bo'lib, viloyatlik muxlislar "Paxtakor"ga nisbatan boshqacha qaraydigan bo'lib qolishgan. 

Ko'p uzoqqa bormasdan 2015 yilgi mavsumni yodga olaylik. Oliy liganing 23-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Metallurg" bilan 3:2 o'ynaydi. SHu o'yindan so'ng qancha gap-so'zlar bo'lgani hamon ko'pchilikning yodida. Agar o'shandayoq O'FF keskin qaror chiqarib klubni jazolaganida ehtimol hozir bunday xunuk voqealar yuzaga kelmagan bo'larmidi. O'shanda "Paxtakor"ga ham jazo beriladi, jamoadan ochkolar olib tashlanadi kabi gaplar bo'lgandi-yu, lekin amalda hech narsa o'zgarmadi. Mavsum oxiriga kelib esa "Paxtakor"ga chempionlik medallari topshirildi. 

Endi Buxorodagi o'yin paytida suxandon Igor Sergeevni "Igor Babayan" deb aytishi ham bekorga emas. Malumki, Samvel Babayan milliy terma jamoamizni boshqargan mahal gol urmasa ham har o'yinda Sergeevni maydonga tushiraverdi, bu esa ko'plab ishqibozlar noroziligiga sabab bo'ldi. Ammo Babayan hech kimni eshitmadi, o'z bilganidan qolmadi va oqibati qanday tugaganini ko'rdik. Gol urmaydigan hujumchini muntazam terma jamoa safida o'ynataverish, muxlislar g'azabiga sabab bo'ldi. Mana shuning uchun ham "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvida alamzada suxandon atayin "Igor Babayan" dedi. 

Aslida-ku, suxandonning bu ishini umuman oqlab bo'lmaydi. CHunki nima bo'lgan taqdirda ham, stadion suxandoni o'yin payti uchrashuv rasmiylaridan biri hisoblanadi hamda mikrofon qarshisida odam nima deyayotganiga doim etibor berishi kerak. Aytaylik, o'sha vaziyatda "Paxtakor" futbolchilari yoki muxlislari norozilik ohangida janjal chiqarganda nima bo'lardi? Tartibsizlik yanada kuchayib ketmasmidi? Yaxshiyamki, Sergeev o'zini bosib oldi, uning o'rnida boshqa bo'lganida o'sha suxandonni hatto sudga berishi ham mumkin edi. 

Oxirgi ikkita uchrashuvda yuz bergan holatlar asosan klubda ishlab ketgan Samvel Babayan tufayli deya ayta olamiz. Bugungi kunga kelib "Paxtakor" futbol klubida rahbariyatdan tortib, xodimlargacha hamma yangilangan. Babayan shtabidagilardan hech kim qolmagan desak ham bo'ladi. Lekin haqiqat shuki, oldingi ishlab ketganlar "achchiq mevasi"ni endilikda hozirgilar "baham ko'ryapti". Vaholanki, yuz berayotgan voqealar bilan hozirgi "Paxtakor" rahbariyati-yu, ishchi-xodimlar, shuningdek murabbiylarining umuman aloqasi yo'q. Faqat ular Babayan qoldirib ketgan "meros"ni elkada ko'tarib yurishga majbur va bu hol qachongacha davom etadi bilmaymiz. 

X.Xoliqov. 

Reyting: -67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика