So’nggi yangiliklar

00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  26 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5

Nega dunyoning eng yaxshi futbolchisi qo'lida g'alati bog'ichni taqib yurgandi? Benzema 4 yildan so'ng baribir uni echdi Yangiliklar

Nega dunyoning eng yaxshi futbolchisi qo'lida g'alati bog'ichni taqib yurgandi? Benzema 4 yildan so'ng baribir uni echdi

U klub va terma jamoa uchun o'zini qurbon qildi.

Karim Benzema o'tgan hafta jahon chempionatidagi kutilmagan tatildan so'ng futbolga qaytdi. "Oltin to'p" sohibi "Real"ning "Xetafe"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga chiqdi va kamera qarshisida noodatiy ko'rinishni taqdim etdi, gap shundaki Karimning qo'lida bog'ich yo'q edi.



Hech narsa bo'lmagandek tuyuldi?! Ammo, sezgir muxlislar Benzema oldin maydonga qo'lidagi g'alati oq bog'ichsiz chiqmaganini bilishardi. U Karimning deyarli to'rt yil davomida o'yinlar davomidagi o'zgartirib bo'lmas atributi edi.

Benzema u bilan 2019 yilning yanvaridan beri birga edi. U La Liga doirasidagi o'yinda "Betis" himoyachisi Mark Bartra bilan to'qnashgan va omadsiz yiqilgan holda, qo'lini shikastlab olgandi. Karimni o'shanda almashtirishgan va shifokorlar operaciya kerak deb qaror chiqarishgandi.



Avvaliga barmog'imni tosh bilan urishgandek, so'ngra kesishgandek tuyuldi, — deb eslaydi keyinroq hujumchi. — Klubdagi shifokor barchasi yaxshi bo'ladi deb aytdi, ammo bunga shubham bor edi".

SHifokorning so'zlariga ko'ra, operaciyaning oqibatlarini oldindan aytib bo'lmaydi, tiklanish jarayoni esa ikki oyga cho'zilishi mumkin edi. Forvard AQSHdan shifokorlar bilan jarrohlik amaliyotisiz buni qilish mumkin yoki mumkinmasligi bo'yicha maslahatlashdi, ammo salbiy javob oldi.

"Real" o'shanda inqirozda edi, Benzema klassidagi hujumchi esa jamoada boshqa yo'q edi (hozir ham yo'q), shu sabab Karim operaciyani qulayroq vaqtga qadar qoldirdi. Axir u asosan oyoqlari bilan o'ynaydi-ku.



Benzema 2019 yilning yozida operaciya qildirdi, ammo yangi mavsumga tiklanishni tezlashtirdi va mashg'ulotlardan birida o'sha barmog'ini yana shikastlab oldi. Vaqtdan yutish uchun takroriy operaciyani rad etdi. Karim Franciya terma jamoasi bilan Evro-2020ga yo'l oldi va takroriy operaciyani yana qoldirdi. Operaciyalar uchun boshqa qulay vaqt bo'lmadi, sababi "Real" Benzemasiz qiynalardi. Karim buni tushundi, shu sababi jamoaga non-stop rejimida yordam berish uchun to'g'ri manoda o'z sog'ligini qurbon qildi.

Benzema tibbiy vositalar bilan o'ralgan barmog'i bilan o'ynadi. Karim odatiy hayotda bu narsani barmoqlariga o'ramaydi, sababi ijtimoiy tarmoqlarda uning kichik barmog'i qandayligini ko'rish mumkin.



Madridning nufuzli klinikalaridagi shifokorlardan biri Marca bilan intervyuda tafsilotlarni ochiqladi: bu jarayonga 20 daqiqa vaqt ketadi. Uning narxi esa 40 evroni tashkil etadi.

Benzemaning qarorida boshqa sabab ham bo'lishi mumkin. Karim bu jarohatni olgan paytidan beri eng yaxshi o'yinlarini namoyish etdi va balki o'z faoliyatida "Oltin to'p"ni kutgandir.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика