So’nggi yangiliklar

14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  0 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  4 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  8 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  4 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  1 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0

"Neftchi" yangi futbolchilarni tanishtirdi (fotogalereya) Yangiliklar

"Neftchi" yangi futbolchilarni tanishtirdi (fotogalereya)

Bugun Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z qarorgohida yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o'tkazdi.
Tadbirda klub rahbari Komiljon Mirzaboev va Murod Ismoilov qatnashishdi.

Komiljon Mirzaboev: “Barchani yangi boshlanayotgan futbol mavsumi bilan tabriklayman. Yaqinlashayotgan mavsumda “Neftchi” jamoasi o'z oldiga yuqori o'rinlardan birini egallashni maqsad qilgan. SHu maqsadda kerakli ishlar olib borildi. Jamoamiz asosi tubdan yangilandi. Jamoaga yangi bosh murabbiy tayinladik, tarkibni kuchaytirish maqsadida klub transfer siyosatini jadallik bilan olib bordik.Jamoaga yangi kelib qo'shilganlarlarni bugun sizlarga tanishtirish uchun yig'ilib turibmiz. Ha aytgancha OAV xodimlari o'rtasida jamoamiz haqida turli gap-so'zlar yuribdi ekan. OAV xodimlarini oldida shuni aytishim mumkinki, ular uchun qo'ldan kelgan yordamni ayamaymiz. Jamoamizning o'z matbuot kotibi bor. U orqali o'yinchilar bilan aloqaga chiqishlaring mumkin. Agarda biron-bir futbolchi intervyu berishdan bosh tortadigan bo'lsa, bu masalada menga bemalol murojaat qilishlaring mumkin.

Murod Ismoilov: Marosimga yig'ilgan barchani yangi mavsum bilan qutlayman. Jamoamiz bu yil sovrinli o'rinlardan birini egallashni maqsad qilgan. SHu maqsadda tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga harakat qildik. Tarkibga Petkovich, Gvazava,Onika  singari legionerlarni jalb qildik. Bular qo'ygan maqsadimizga erishishda o'z yordamlarini ayashmaydi degan umiddaman.

Marosimda klubga kelib qo'shilgan yangi 13 futbolchi tanishtirildi va ularga raqamlar taqdim etildi:

Sardor Qobuljonov - 1,
Jahongir Jiyamurodov - 4,
Aleksandr Onika - 7,
Maksimiliyan Fomin
Aleksandr Kleckov - 13,
Zohid Abdullaev - 15,
Ro'zimboy Ahmedov - 22,
Igor Petkovich - 23,
Maruf Murodov 26,
Abdulloh Olimov - 28,
Ruslan Melziddinov - 29,
Jahongir Mehmonov - 32,
Sardor Rahmonov - 33,
Levani Gvazava - 77.


Komiljon Ikromov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика