"Neftchi" xorijda o'ynagan o'zbekistonlik yarim himoyachi bilan shartnoma tuzadi
11 iyu 2024 16:45
Yangiliklar
"Neftchi" xorijda o'ynagan o'zbekistonlik yarim himoyachi bilan shartnoma tuzadi
O'zbekistonlik yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziev faoliyatini Farg'onada davom ettiradi.
Malayziyaning "Sri Paxang" klubi Quvondiq Ro'ziev bilan shartnoma bekor qilinganini elon qildi. Malayziya klubining instagramdagi sahifasida Ro'ziev "Neftchi"ga o'tayotgani bois uni qo'yib yuborgani haqida yozgan.
Malumot uchun, Ro'ziev bir yil davomida "Sri Paxang" safida barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Oldinroq "Neftchi" O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Azizbek Amonovni ham o'z safiga qo'shib olishga yaqinligi haqida xabar bergandik.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar