"Neftchi" taqdimot marosimi o'tkazdi
12 mar 22:43
Yangiliklar
"Neftchi" taqdimot marosimi o'tkazdi
Tantana boshlanishidan oldin futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari va fan klub azolari "Neftchi" jamoasini rang barang shiorlar va quvonchli hayqiriqlar ostida kutib oldilar. Majlislar zalida o'tkazilgan marosimda "Neftchi"ning klub rahbarlari, murabbiylar, viloyat hokimligi va sportga aloqador tashkilotlarning masul xodimlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar. Ularning gulduros qarsaklari ostida viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasining prezidenti Hayrullo Hayitbaevich Bozorov so'zga chiqib, jamoa azolarini yangi mavsum boshlanishi bilan qizg'in tabriklab, ularga o'tgan yillardagidan ko'ra yuqori natijalarga erishish, har bir uchrashuvda muxlislarni quvontirish, buning uchun esa sport mahoratlari va kuch-qudratlarini birgalikda namoyish etish kabi tilaklarini izhor etdi.Muxlislar, yani sizlar bilan biz hamisha jamoa bilan birga bo'lishimiz, uni har jihatdan qo'llab quvvatlashimiz, ko'nglini ko'tarishimiz va shu tariqa ko'zlangan yuksak marraga albatta erishishimiz mumkin. Men bugun, —dedi hokim," Olg'a Neftchi, biz birgalikda qudratli kuchmiz", deb o'z so'zimni yakunlamoqchiman.
Hokim tabrigidan so'ng tantanaga yig'ilganlar mashhur sanatkorlar ishtirokida tashkil etilgan koncert dasturini miriqib tomosha qildilar. Konsertda Yaxyo Mo'minov, Otabek Muhammadzohid, Ilhom Ibrohimov, Qilichbek Madaliev singari o'zbek qo'shiqchiligini yuksaltirishga munosib hissa qo'shgan dongdor sanatkorlarning chiqishlarini zalda to'planganlar gulduros qarsaklar bilan qo'llab-quvvatlab turdilar.






















O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar