So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

“Neftchi“ Quvasoyda “Cementchi“ bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi Yangiliklar

“Neftchi“ Quvasoyda “Cementchi“ bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi

Teglar :  NeftchiCementci
Bugun Quvasoydagi “Cementchi“ o'yingohida Farg'onaning “Neftchi“ va “Cementchi“ jamoalari o'rtasida nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv o'rtoqlik maqomida bo'lsa ham murosasiz va keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Birinchi bo'limda bellashuvni tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislar jami 4 ta gol ko'rishga muvaffaq bo'ldilar. O'yinda hisobni “Neftchi“ vakillari ochishdi. Bu vaziyatda Sanjar Zokirovning uzoq masofadan kuchli zarba yo'llab, “Cementchi“ darvozasini ishg'ol etdi. Oradan ko'p vaqt o'tmay “Neftchi“ vakillari mezbonlar darvozasiga ikkinchi golni ham kiritdilar. Mehmonlarning ikkinchi goliga Ilhom Vahobov mualliflik qildi. SHundan so'ng “Cemenchi“ futbolchilari hujumkorlikni oshirdilar. Bo'lim so'ngiga qadar Sardor Zokirov shogirdlari o'yindagi hisobni tenglashtirishdi. Dastlab Faxriyor O'rinboev kuchli zarba bilan hisobni qisqartirgan bo'lsa, birinchi bo'lim so'ngi daqiqalarida Hoshim SHokirov gol urib hisobdagi muvozanatni tikladi — 2:2.

Ikkinchi bo'limda jamoalar tarkibida bir qator o'zgarishlar yuzaga keldi. Xususan “Neftchi“ ustozi Abdusamad Do'rmonov maydonga Otabek Zokirov va Dostonbek Toshmatovlarni tushirdi. O'zgarishlar samarasini bergan xolda mehmonlar futbolchisi Dostonbek Toshmatov ikkinchi bo'lim davomida “Cementchi“ darvozasiga ikkita gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Do'stona ruhda kechgan uchrashuv “Neftchi“ jamoasining 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Nazorat uchrashuvi.

Quvasoy shahar “Cementchi“ o'yingohi.

“Cementchi“ — “Neftchi“ 2:4

Gollar: Sanjar Zokirov (0:1), Ilhom Vahobov (0:2), Faxriyor O'rinboev (1:2), Hoshim SHokirov (2:2), Doston Toshmatov (2:3), Doston Toshmatov (2:4)

“Neftchi“: SHerzod Abduraimov, Mirjamol Nematov, Dilyor Irmatov, Eldor Ergashev, Mansur Saidov, Jamshidbek To'raqulov, Islombek Karimov, Doniyor Madaminov, Jamshid Qobulov, Sanjar Zokirov, Ilhom Vahobov.

Zaxira: Farrux Turdialiev, Muxammadaziz Obidjonov, Otabek Zokirov, Dostonbek Toshmatov

Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика