"Neftchi" Qirg'iziston klubini 7:0 hisobida mag'lub etdi
03 fev 2018 21:16
Yangiliklar
"Neftchi" Qirg'iziston klubini 7:0 hisobida mag'lub etdi
3 fevral kuni “O'sh”ga qarshi raqobat olib borgan farg'onalik futbolchilar yirik 7:0 natijasida navbatdagi uch ochkoni rasmiylashtirishdi.
“Neftchi” muxlislariga xushxabar bor. Farg'ona jamoasi tarkibiga yangi legioner darvozabon kelib qo'shildi. 25 yoshli ukrainalik Vitaliy Mirniy jamoa ko'rigida bo'lib turibdi. Aynan “O'sh”ga qarshi bahsda xorijlik darvozabon “Neftchi” sharafini himoya qildi va bir qator seyvlarni namoyish etib o'zida yaxshi taassurot qoldirdi.
O'yinda Abdul Aziz Yusupov, Anvar Berdiev, Abbos Maxstaliev, Davron Isaqovlar bittadan gol kiritishgan bo'lsa Amirjon Safarov dubl qayd etdi. Yana bir gol qirg'izistonlik futbolchilar tomonidan avtogol sifatida kiritildi.
“Neftchi” murabbiylar shtabi bahsda quyidagi tarkibdan foydalanishdi.
Asosiy tarkib: 1.Vitaliy Mirniy, 35. Davron Mamatov, 3. SHukur Po'latov, 20. Alisher Samatov, 44. Jasur Azimov, 24. Abdujamol Isroilov, 77. Muxammadjon Isaev, 33. Ilxom Yunusov, 88. Abbos Maxstaliev, 10. Anvar Berdiev, 37. Amirjon Safarov
Zaxira: 35. Farrux Turdaliev, 21. Iqbol Boboxonov, 23. Abdul Aziz Yusupov, 17. Sunnatilla Ermatov, 82. Zoxir Qo'ziboev, 19. Otabek Axmadjonov, 9. Davron Isoqov
Mazkur g'alabadan so'ng “Neftchi” “A” guruhidagi peshqadamligini yana davom ettiradi. 5 fevral kuni hal qiluvchi bahs “Istiqlol”ga qarshi o'tkaziladi. Quyida 4-turdan keyingi vaziyatni ko'rishingiz mumkin.
Fikrlar