So’nggi yangiliklar

00:15BALLON D'OR-2025  61 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  10

"Neftchi" o'z qarorgohiga qaytdi Yangiliklar

"Neftchi" o'z qarorgohiga qaytdi

Teglar :  Neftchi
Xabaringiz bor, "Neftchi" jamoasining qarorgohida tamirlash ishlari olib borilayotgan edi va bu jarayon o'z nihoyasiga etdi.

Bugun mazkur binoning  ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Farg'ona viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Hayrullo Bozorov, klub prezidenti, Farg'ona shahar hokimi Vasiljon Nazarov, klub bosh direktori Mansurjon Toshmatov, jamoa faxriylari, futbolchilar va muxlislari ishtirok etishdi. 

Tabdir avvalida jamoaning yuksalishi va rivoji uchun qilingan ishlar xayrli bo'lishini, mavsum davomida yuksak marralarga intilib, klubning rivoji va g'alabali natijalari davomli bo'lishini niyat qilgan holda quron-tilovat o'qilib, ehson qilindi. SHundan so'ng, Hayrullo Hayitbaevich so'zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi. Jamoaga bir vaqtlar turli sabablarga ko'ra olib qo'yilgan avtobus qaytarib berilishini aytdi. Barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanib, "Neftchi"  g'olibona yurishini davom ettirishi va yuksak marralarga erishib, muxlislarini har tomonlama xushnud etishi lozimligini takidladi. SHundan so'ng, so'zga chiqqan "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchiligini bildirib, mavsumni chempion sifatida yakunlash uchun bor imkoniyatini ishga solishga vada berdi.

"Neftchi" faxriysi Lev Viktorovich Vaxtin esa, tarihiy binoni qayta tiklashga amaliy yordam bergan barcha mutassadilarga va klubga bo'lgan yuksak etibor uchun viloyat rahbariyatiga samimiy tashakkur bildirdi. So'z olgan fan klub etakchilari ham yangi tamirdan chiqarilgan qarorgoh zamonaviy tus olganligi nafaqat futbolchi va murabbiylarni, balki muxlislarni ham behad quvontirganini etirof etib, keng ko'lamli ishlarda sidqidildan mehnat qilgan barcha korxona va tashkilot mutaxassislariga tashakkur bildirishdi.

SHundan so'ng, tadbirga tashrif buyurgan  mehmonlar qarorgohda yaratilgan barcha sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Undan tashqari, “Neftchi” sport kompleksi futbol maydoni va suv xavzasi ko'zdan kechirilib, ushbu sport inshootlarini ham tamirdan chiqarish uchun topshiriq va rejalar belgilandi.


Malumot uchun: Yangilangan qarorgoh binosi 60 kishiga mo'ljallangan bo'lib, jami 35 xonadan iborat. Qarorgohda  oshxona, 10x4m suv xavzasi va parxonalari mavjud. Mazkur bino va inshootlar 1965 yilda qurilgan bo'lib, “Neftchi” PFKning qarorgohi hisoblanadi. 2021 yildan tamirlash ishlari boshlanib, joriy yilning 28 aprel kuni obekt foydalanishga topshirildi. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика