So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  2 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

"Neftchi": O'rinbosarlar safiga ko'rik davom etmoqda Yangiliklar

"Neftchi": O'rinbosarlar safiga ko'rik davom etmoqda

Teglar :  Neftchi
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi futbolchilari ayni paytda yangi mavsumga bo'lgan tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

SHuningdek murabbiylar shtabi qishki yig'in chog'ida yanada raqobatdosh tarkibni takomillashtirish hamda jamoa safiga bir qator saviyali ijrochilarni jalb etishga  katta etibor qaratishgan. Umumiy qilib aytganda, selekciya jarayoni avjida.

SHu bilan birgalikda Farg'ona viloyatidagi iqtidorli yosh futbolchilarni “Neftchi” PFK safiga jalb etish borasida ham keng ko'lamli ishlar yo'lga qo'yilgan. Maxalliy iqtidorlarni jamoaga saralab olishni shaxsan klub rahbariyati va jamoa murabbiylari nazorat qilishadi. Takidlash o'rinliki, ayni paytda jamoamizning o'rinbosarlar tarkibiga istedodli yoshlarni jalb etish jarayoni qizg'in ketmoqda. Nafaqat istedodli futbolchilar balki kelajakda professional futbolchi bo'lishni niyat qilgan va o'zini sinab ko'rish maqsadida ko'rikka kelgan yoshlarga ham imkoniyatlar berilyapti, murabbiylar tomonidan yoshlarga yo'nalish ko'rsatilmoqda. Talabga to'liq javob beradigan va o'zini xar taraflama namoyon etgan ijrochilar yangi mavsumda yoshlar jamoasi safiga taklif etilishlari mumkin.

Bugun ham “Istiqlol” stadionining mashg'ulotlar maydonida o'rinbosarlar safiga ko'rikka kelgan yoshlar “Neftchi” PFK tasaruffidagi futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga qarshi nazorat bahsida ishtirok etishdi. Bellashuvni bevosita klub raisi Rustam Abdullaev, jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov hamda yoshlar jamoasi murabbyilari Bahrom Haydarov, Diyor Alijonov va Xushbek Qosimov singari mutaxassislar kuzatib borishdi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика