"Neftchi" klubi logotipi o'zgardi Yangiliklar

"Neftchi" klubi logotipi o'zgardi

Teglar :  NeftchiLogotip
“Neftchi” professional futbol klubining umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda klubning barcha mamuriyat xodimlari va klubning faxriy muxlislari ishtirok etishdi. Kun tartibiga “Neftchi” PFK logotipiga o'zgartirish kiritish to'g'risidagi masala ko'yildi. Klubning ko'p sonli muxlislari tomonidan bildirilgan fikr va takliflariga ko'ra, klub logotipiga o'zgartirish kiritish kerakligi xaqida gapirib o'tildi.

Yangi logotipning bir nechta nusxalari yig'ilish qatnashchilariga taqdim etildi va ular orasidan eng maquli tanlandi. Yig'ilishda chiqarilgan qarorga ko'ra, klubning yangi logotipi tanlab olindi va bir ovozdan maqullandi.

Bundan buyon “Neftchi” futbol klubi bilan bog'liq bo'lgan barcha tadbir va matnlarda ushbu yangi logotipdan foydalaniladi.



"Neftchi" FK matbuot xizmati




Reklama




Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика