So’nggi yangiliklar

18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9

"Neftchi": Yig'in davom etmoqda Yangiliklar

"Neftchi": Yig'in davom etmoqda

Jamoamiz azolari 10 dekabr kuni tatildan qaytdi. SHu kuni o'z qarorgohimizda asosan mahalliy futbolchilar ishtirokida tayyorgarlikning ilk bosqichi boshlandi.
Dastlabki besh kun futbolchilar bir mahaldan shug'ullandi. Tiklanish jarayoni bo'lgani uchun mashg'ulotlar engilroq tarzda o'tdi. 15 dekabrdan boshlab esa mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tmoqda. Rejaga ko'ra 27 dekabr kuni ilk yig'in yakuniga etadi.

Jamoada o'zgarishlar bor. Bungacha texnik-direktor sifatida faoliyat yuritib kelgan Sulton Zaylobidinov o'rnida endilikda SHerzod Raimjonov ish olib boradigan bo'ldi. SHuningdek yoshlar jamoasi murabbiyi Sergey Kovshov bilan ham do'stona ravishda xayrlashdik. Kelgusida yoshlar jamoasini Bahrom Haydarov boshqarib boradi. Aytish lozimki, yoshlar jamoamiz 15 dekabrdan yig'inni boshlagan.

Tabiiyki tarkibdagi o'zgarishlar bugungi kunda muxlislarning diqqat markazida turibdi. Joriy mavsum "Neftchi" sharafini himoya qilgan Iqbol Boboxonov, Aleksandru Onika, Vyacheslav Ponomaryov, Andrey Akopyanc bilan xayrlashdik. Bulardan tashqari shartnomasi tugab borayotgan Ro'zimboy Ahmedov ayni damda Qozog'istonning "Qaysar" klubida ko'rikdan o'tmoqda. Himoyachi Dilyorbek Irmatov esa o'zini "Bunyodkor"da sinab ko'rishga ahd qildi.

Bu yil o'zini ko'rsatishga erishgan iqtidorli futbolchilar Murodbek Bobojonov va Javohir Rasulov bilan amaldagi shartnoma muddati yana uzaytirildi. Bu borada yana boshqa etakchi o'yinchilar bilan ham muzokara davom etmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика