So’nggi yangiliklar

23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  4 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  4 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  18 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   102 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  2 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  70 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  3 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2 19:45Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Аҳли" йирик ғалабага эришиб, финалга чиқди  3 19:39Пролига 13-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0

“Neftchi” FK Uchko'prik tumanidagi bolalar futbol maktabiga tashrif buyurdi Yangiliklar

“Neftchi” FK Uchko'prik tumanidagi bolalar futbol maktabiga tashrif buyurdi

2014 yil – “Sog'lom bola” yili munosabati bilan “Neftchi” futbol klubi kuni-kecha Farg'ona viloyatining Uchko'prik tumanida joylashgan bolalar va o'smirlar futbol maktabiga tashrif buyurib, u erda shug'ullanayotgan yosh yigitlar bilan uchrashdi.
Klub rahbariyati tashabbusi bilan o'tkazilgan tadbirda jamoa nomidan bosh murabbiy Murod Ismoilov, murabbiy Andrey Fyodorov hamda futbolchilar Akmal Xolmatov, Aleksandru Onika va Sardor Mirzaev ishtirok etdi. Taniqli nomlarning tashrifi tabiiyki u erda futbol sir-asrorlarini o'rganayotgan bolalarda katta qiziqish uyg'otdi.

“Neftchi” ustozi futbol maktabida yoshlar bilan ishlayotgan murabbiylar bilan suhbatlashib, u erdagi iqtidorli o'yinchilar haqida malumot oldi va ularga kerakli ko'rsatmalar berdi. Jamoa sardori Akmal Xolmatov boshchiligidagi futbolchilar esa yoshlarga master klass o'tkazib, o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi. Bu esa futbol maktabidagi yoshlarga kelajakda qo'l kelishi turgan gap. Ularning o'zlari ham bundan benihoyat xursand ekanligini yashirmadi. SHuningdek “Neftchi” azolarining futbol maktabiga tashrifi mahalliy muxlislarda ham katta qiziqish uyg'otdi. SHu kuni stadionga kirib bevosita master klassni kuzatgan ashaddiy ishqibozlar soni ko'pchilikni tashkil etgani ham so'zimizga isbot bo'la oladi.

Tadbirdan so'ng “Neftchi” ustozi Murod Ismoilovning bu haqda fikrlari bilan qiziqdik.

- Ushbu bolalar va o'smirlar futbol maktabiga tashrifdan ko'zlangan maqsad, nafaqat shahar balki tumandagi iqtidorli bolalarni izlab topib, jamoamizga jalb etishdir. Qishloqlarda istedodli futbolchilar ko'p. Biz buni yaxshi anglagan xolda, dastlabki yurishimizni Uchko'prik tumanidan boshladik. Bu erda murabbiylar bilan suhbatlashib, o'zini ko'rsatishga erishayotgan yoshlar haqida malumot oldik. Kelgusida ularni yangi ochiladigan akademiyamizga saralash jarayonida jalb etib, sinovdan o'tkazamiz. Bu tadbir hali boshlanishi. Nasib qilsa keyinchalik viloyatimizning boshqa tumanlaridagi futbol maktablarida ham bo'lib, ular bilan ham yaqindan tanishamiz. Asosiy maqsadimiz viloyatdagi iqtidorli yoshlarni topib, ularni kelgusida “Neftchi” uchun foydasi tegadigan o'yinchi qilib etishtirishdir – deydi Murod Muzaffarovich.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика