So’nggi yangiliklar

20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  33 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  1 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  15 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  2 19:16Суперлига. "Машъал" - "Динамо" 2:2 (матнли трансляция)  10 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  1 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  2 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  2 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  6 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  15 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  12 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0

"Neftchi": Dastlabki yig'in yakunlandi Yangiliklar

"Neftchi": Dastlabki yig'in yakunlandi

15 dekabrdan o'z qarorgohida to'plangan “Neftchi” azolari ikki haftalik yig'inni yakunladi.
Bugungi kunda tarkibda yuz berayotgan o'zgarishlar ishqibozlarning diqqat markazida turibdi. Oldinroq xabar berganimizdek, “Neftchi”ning sobiq o'yinchilari – Mansur Saidov va Baxtiyor Yoqubov jamoa bilan shartnoma imzoladi. SHuningdek bu yil asosiy tarkibda o'zini ko'rsatishga erishgan ayrim o'yinchilar bilan shartnoma imzolanmoqda. Xususan himoyachi Jahongir Mehmonovning kelasi yil ham “Neftchi”da o'ynashi aniq bo'ldi.

Ijara asosida yarim mavsum to'p tepgan Sardor Rahmonov ham “Lokomotiv” bilan shartnomasi yakunlanib borayotgani sababli yana “Neftchi”ga qaytib keldi. Iqtidorli himoyachining katta extimol bilan kelgusi mavsum ham yana jamoada o'ynashi kutilmoqda. MAlum muddat "Qo'qon-1912" mashg'ulotlarida ishtirok etgan Izzat G'aniev ham yana "Neftchi" ixtiyoriga qaytdi. SHuningdek murabbiy Andrey Fyodorovning ham Moskvadan qaytib kelganini aytib o'tish lozim.

Darvozabonlar bilan Bahodir SHamshiddinov ishlamoqda. Sardor Qobuljonovga munosib raqobatchi topish maqsadida ayrim posbonlar bilan muzokara o'tkazilmoqda.

Jamoa bilan xayrlashgan o'yinchilarga keladigan bo'lsak, Ruslan Melziddinov Eron klubidan tushgan taklifni qabul qilib, fors yurtiga jo'nab ketdi.

Otabek Zokirov esa o'zini "Bunyodkor"da sinab ko'rishni bildirgan.

Bu yil yoshlar jamoasida o'ynagan SHoxruh Xolmatov esa ayni damda "Qo'qon-1912" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.  

Albatta yo'qotishlar o'rnini munosib ravishda to'ldirish maqsadida rahbariyat bir qator o'yinchilar bilan muzokara o'tkazmoqda. Agarda ular bilan rasman kelishuvga erishilsa, nomlar oshkor etiladi.

29 dekabr yig'inning so'nggi kuni bo'lgani uchun murabbiylar futbolchilarni ikki tarkibga ajratgan xolda, o'yin tashkil etdi.

“Yashillar” va “Qizillar” o'rtasida kechgan uchrashuvda “Qizillar”ning qo'li baland keldi, 4:1.

Gollar: SHerzod Hakimov, Baxtiyor Yoqubov (2ta), Akmal Xolmatov – Riza Ayvazov.

SHundan so'ng futbolchilarga yangi yil munosabati bilan qisqa muddatli dam berildi. 3 yanvardan Farg'onada ikkinchi bosqich yig'ini boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика