"Neftchi" bosh murabbiyi: "Bundan keyin faqat g'alabalarga erishishga harakat qilamiz"
03 avg 2018 13:34
Yangiliklar
"Neftchi" bosh murabbiyi: "Bundan keyin faqat g'alabalarga erishishga harakat qilamiz"
"Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Jamoalar musobaqa jadvalining nechanchi o'rnida borishidan qatiy nazar, "Neftchi" hamda "Navbahor"ning o'zaro o'yini hamisha ko'pchilikning diqqat markazida o'tib kelgan. Jamoalar hamisha ishqibozlarga shiddatli to'qnashuvlar taqdim etib kelishgan. Bugungi o'yinni biroz bosim ostida boshladik. O'yin startida "Navbahor" tashabbusni qo'lga olishga urindi. Lekin yigitlar bosimni enggib o'ta olishdi va bugun birinchi g'alabamizga erishdik. Bu oldinga qo'yilgan qadam. Endi muxlislar kutayotganidek sekin-asta ishlarimiz yaxshilanib ketsa ajab emas. Bundan keyin faqat g'alabalarga erishishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.
Fikrlar