"Neftchi" 22 yillik tarixiy natijasini takrorladi
04 iyu 2023 10:51
Yangiliklar
"Neftchi" 22 yillik tarixiy natijasini takrorladi
Vitaliy Levchenko shogirdlarini birinchi davrada birorta klub boshini xam qila olmadi. Vodiy jamoasi bazi o'yinlarda iroda namoyish etgan bo'lsa, bazilarida englarini shimarib, oyoqlaridan nima kelishini ko'rsatib qo'ya oldi.

"Neftchi" so'nggi marotaba 2001 yil butun davrani mag'lubiyatsiz tarzda o'tkazgan. 18 ta jamoa ishtirok etgan o'sha mavsumning birinchi davrasida farg'onaliklar 17 o'yinda 15 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etgandi.
Qayd etish joiz, o'sha mag'lubiyatsiz seriya ikkinchi davraning birinchi o'yinidayoq chippakka chiqqan. "Do'stlik" maydoniga safar uyushtirgan "neftchilar" 1:2 hisobida mag'lub bo'lishgan.
SHunga qaramay, yakunda Yuriy Sarkisyan qo'l ostidagi jamoa chempionlikni tantana qiladi. SHu bilan birga, "Neftchi" o'z maydonidagi barcha 17 uchrashuvda g'alaba qozongan.
Joriy mavsumdagi "Neftchi"da mag'lubiyat bo'lmasa-da, murosa bilan yakunlangan bahslari ko'pligi bois, jamoa 3-o'rinda bormoqda. Farg'onaliklar joriy mavsum eng ko'p durang qayd etgan (7 ta) jamoa bo'lib turibdi.

Malumot uchun, o'tgan yili birinchi davradan so'ng eng ko'p durangga "Olimpik" sazovor bo'lgandi, ular 8 ta o'yinda murosa ko'chasini tanlagandi. "Neftchi" esa mavsum davomida 8 marta tablodagi raqamlar soni bir xil bo'lishini taminlagandi.
"Neftchi" ikkinchi davrani "Metallurg"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Birinchi davrada vodiyliklar raqib maydonidan 3:0 hisobidagi yirik g'alaba bilan qaytgandi. SHu bilan birga, jamoalar O'zbekiston kubogida ham ro'baro' kelishdi, unda 2:1 hisobida bekobodliklarning qo'li baland keldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar