So’nggi yangiliklar

14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  1 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  1 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  2 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  3 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  21 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9

Nazorat uchrashuvi. “UzDongJu” – “Cementchi” 1:2 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “UzDongJu” – “Cementchi” 1:2

Teglar :  CementchiUzdongju
Andijon shahrining SHo'rbuloq dahasidagi suniy maydonda ikkita o'yin bo'lib o'tdi.

SHu bois stadion muxlislar bilan ham gavjum bo'ldi. Tushlikdan so'ng rejaga ko'ra, birinchi liganing ikki jamoasi o'zaro kuch sinashdi. Bu orqali har ikki klub murabbiylari futbolchilarning imkoniyatlarini yana bir boy ko'z kechirib oldi.

“UzDongJu” tarkibi bu yil nisbatan yoshartirilmoqda. O'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan ayrim etakchi o'yinchilar ayni damda viloyatning asosiy jamoasi bo'lmish – “Andijon”da ko'rikda bo'lib turibdi. SHu bois Abdurashid Ismoilov asosiy etiborni mahalliy yoshlarga qaratib, ularni saralab olmoqda. “UzDongJu” tarkibida yozyovonliklar safidan Xayrullo Qodirov kelib qo'shilganini aytish mumkin. Ushbu futbolchi hozircha ko'rikdan o'tmoqda.

Quvasoyliklar tarkibida ham o'zgarishlar yo'q emas. Darvozabon Bahodir Yigitalievga javob berib yuborilgan. Ko'rikda esa Ilhom Jumanov bor. Ushbu darvozabon ilgari “Guliston”da o'ynagandi. “Yozyovon-Lochinlari”dan esa Muhammadsulton Fozilov ham ayni damda ko'rikda bo'lib turibdi. “Orol”dan Erbol Seytnazarov va Nurlibek Talasboev kelishgan. Talasboev betob ekanligi bois unga murabbiylar bugungi uchrashuvda dam berdi. Aytishlaricha yaqin orada yana bir qator yangi futbolchilar yig'inga kelib qo'shiladi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda quvasoyliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

“UzDongJu” – “Cementchi” 1:2
Gollar: Fehruz Salohiddinov - Elyor Akbarov, Erbol Seytnazarov.
“UzDongJu”: 1.Muhammadmirzo Zokirov, 2.Ismoil Karimov, 5.Elyor O'rmonov, 6.Usmonali Ismonaliev, 8.Xarullo Qodirov, 9.Davron Farhodov, 11.Nodir Teshaboev, 14.Oybek Rustamov, 19.Fehruzbek Salohiddinov, 22.Akbar Xodjaev, 30.Aziz Qayumov.
Zaxira: 10.SHoxruh Omonullaxonov, 12.Mirjalol Karimberdiev, 7.Islom O'rmonov, 4.Ibrohim Mamadaliev, 17.Jasur Quvvataliev, 27.Azizbek Mahmudov, 29.Alisher Abduvohidov.
“Cementchi”: 21.Farrux Turdaliev, 5.Abduxoliq Qurbonov, 7.Alisher Fayzullaev, 8.Muhammadsulton Fozilov, 9.Jamshid Qobulov, 10.Elyor Akbarov, 11.Erbol Seytnazarov, 15.Oqil Mahmudov, 20.Davlatbek Yorbekov, 21.Elyor Mamasoliev, 27.Davron Mamatov.
Zaxira: 1.Ilhom Jumanov, 2.Jo'rabek Yoqubov, 6.Yusuf Isajonov, 13.Dilshod Eminov, 14.Bahodir Qodirov, 19.Sardor Umarov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика