So’nggi yangiliklar

01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 00:00Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна" (онлайн ҳисоб)  20 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  9 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  13

Nazorat uchrashuvi. "Olmaliq" - "Qizil-Jar" 3:2 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "Olmaliq" - "Qizil-Jar" 3:2

Antaliyada o'quv-mashg'ulotlarini davom ettirayotgan jamoamiz bugun Qozog'iston chempionati vakili "Qizil-Jar" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.
Bu o'yin aslida jamoa rejasida yo'q edi. O'rtoqlik o'yini taklifi bo'lgach, jamoa rahbariyati bunga rozilik berdi. "Terek" bilan o'tgan bahsda ko'pgina futbolchilar maydonga tushishmagandi. Bu uchrashuvda asosan zaxirada qolgan futbolchilar harakatlanishdi. Bu gal tarkibga Islom Inomov, SHavkat Salomov, Temur G'aniev, Kamoliddin Murzoev va Nemanya Yovanovich kiritilmadi. Qiziqarli kechgan bahsda jamoamiz 3:2 hisobida g'alaba qozondi. 8-daqiqada Islom Isoqjonov hisobni ochgan bo'lsa, 15-daqiqada Abduqahhor Hojiakbarov hisobni ikkitaga oshirdi.

Ikkinchi taymning 60-daqiqasida "Qizil-Jar" vakillari hisobni qisqartirishdi. 79-daqiqada Isoqjonov o'z dublini nishonladi. O'yin yakunlanish arafasida raqib jamoa hisobni yana bittaga qisqartirishga erishdi. Darvoqe, "Qizil-Jar" jamoasini yurtimiz ishqibozlariga yaxshi tanish Vladimir Fomichyov boshqarmoqda.

O'yinda jamoamiz quyidagi tarkibda maydonga tushdi.

"Olmaliq": Nikita SHkvirin (Umidjon Xonimqulov, 46), Sarvar Jo'raev, Evgeniy Gogol (Adrian Kashkaval, 46), Salamat Quttiboev (Doniyor Ismoilov, 46), Abduqahhor Hojiakbarov, Jahongir Abdumo'minov (G'ulom O'runov, 46), Zohir Pirimov (Nikita Pavlenko, 70), Azamat Isroilov (Arslonmurod Amonov, 60), Muhammad Isaev, Diyor Turopov, Islom Isoqjonov.

Jamoamizning navbatdagi o'rtoqlik o'yini 25 fevral kuni Rossiya premer ligasi vakili "Mordoviya" jamoasiga qarshi o'tkaziladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика