So’nggi yangiliklar

22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  0 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  1 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  23 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  23 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  13 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1

Nazorat uchrashuvi. “Metallurg” – O'zbekiston U-23 – 1:1 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Metallurg” – O'zbekiston U-23 – 1:1

Kecha poytaxtimizdagi JAR stadionida Bekobodning “Metallurg” va O'zbekiston U-23 terma jamoalari o'rtasida ko'rik-nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qiziqarli kechgan bahsda durang – 1:1 hisobi qayd etildi.

Uchrashuvda “Metallurg” hududiy ustunlikka ega bo'ldi. Jamoa o'yinining shakllanganligi, futbolchilarning bir birlarini tushunib harakat qilishlari yaqqol sezilib turdi. Ayniqsa birinchi bo'limda O'zbekiston U-23 terma jamoasi posboni Rahimjon Davronovga oson bo'lmadi. O'yinning 26-daqiqasida Murodjon Toshmatov hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari bekobodliklar bir nechta qulay vaziyatlardan foydalanishmadi.

Ikkinchi bo'limda Ravshan Haydarov yoshlar termasi tarkibini deyarli to'liq yangiladi. Natijada ularning o'yinida o'zgarish kuzatildi va O'zbekiston U-23 terma jamoasi hisobni tenglashtirib, mag'lubiyatdan qutilib qolishga erishdi. Golni yoshlar standart vaziyatdan kiritishdi. Burchakdan to'p o'yinga kiritilganda bekobodliklarning sobiq himoyachisi Dostonbek Tursunov boshi bilan to'pni urib, darvoza to'riga tushirdi.


“Metallurg” – O'zbekiston U-23 – 1:1. 14.11.2017. JAR stadioni.
Hakam:
A.Ergashev.

“Metallurg”: Z.Safaev (T.To'ychiev), M.Qahramonov, H.Hoshimov, S.Allaev, A.Husinov (A.Toshqo'ziev), A.Ziyovuddinov (D.Odilov), J.Abdumo'minov (D.Karimov), A.No'monov (S.Qodirqulov), M.Toshmatov (U.Xudoyorov), I.Isoqjonov, Z.Abdullaev (M.Sultonov).

O'zbekiston U-23 mazkur uchrashuvda quyidagi futbolchilardan foydalandi:
Darvozabonlar:
Rahimjon Davronov (“Mashal”), Dilshod Hamroev (“Navbahor”);
Himoyachilar: Doston Tursunov (“Neftchi”), Husniddin G'ofurov (“Neftchi”), Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Doniyor Narzullaev (“Nasaf”), Avaz Mamatxo'jaev (“Qo'qon-1912”), SHerzod Nasrullaev (“Nasaf”), Oybek Rustamov (“Qo'qon-1912”);
Yarim himoyachilar: Jahongir Ahmadov (“Paxtakor”), SHarof Muhitdinov (“Nasaf”), Xurshid G'iyosov (“Bunyodkor”), Suhrob Nurulloev (“Paxtakor”), Abdujamol Isroilov (“Neftchi”), Islom Rashidxonov (“Nasaf”);
Hujumchilar: Azizbek Amanov (“Lokomotiv”), Zabihillo O'rinboev (“Paxtakor”), Andrey Sidorov (“Qo'qon-1912”).

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика