So’nggi yangiliklar

22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  1 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  45 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1

Nazorat uchrashuvi. "Mashal" - "Nasaf" 1:0 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "Mashal" - "Nasaf" 1:0

Bugun Muborakda Oliy liganing tanaffusidan foydalangan holda "Mashal" Qarshining "Nasaf" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
 Bahsning 22 daqiqasida Zohir Qo'ziboev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi lekin vaziyatdan aniq foydalana olmadi. 35 daqiqada Zafar To'raevda juda qulay vaziyat yuzaga keldi.  Darvozabon esa ishonchli o'ynadi. Birinchi bo'limda darvozalar ishg'ol etilmadi.
Ikkinchi bo'limning 50 daqiqasida Artur Gevorkyanning jarima zarbasi juda xavfli ko'rinish oldi. 55 daqiqada Muydin Mamaulumovning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. 59 daqiqada Zohir Qo'ziboevning kuchli zarbasini O'tkir Yusupov ushlab qolishda xatoga yo'l qo'ydi va hisob ochildi. 1:0. 75 daqiqada Kenja To'raevning jarima zarbasidan so'ng to'pni Ilhom SHomurodov darvozaga zarba yo'lladi. Quvvatov o'z o'rnida.

Ushbu hisob uchrashuv yakunigacha saqlanib qoldi.

Eslatib o'tamiz, "Mashal" navbatdagi turni o'z maydonida "Buxoro"ga qarshi 17 oktyabr kuni o'tkazadi.

Nazorat uchrashuvi. 10.10.2014
"Mashal" - "Nasaf"  1:0 (0:0)
Gollar:
1-0 Zohir Qo'ziboev (59),
Hakamlar: Naim Qosimov, Artyom Kalilin, Farhod Usmonov (Qarshi)
Ogohlantirishlar: Muydin Mamazulumov (50), Hamza Karimov (75)

"Mashal": Botir Nosirov (Sanjar Quvvatov 46), SHerzod Fayziev (c) (Iskandar SHayqulov 60), Siroj Hamroev (Dilyaver Vaniev 50), Mirzohid G'ofurov (Qahramon Bahodirov 65), Andrey Derkach (G'iyos Komilov 46), Abbos SHodmonov (Muydin Mamazulumov 35) , Abbos Omonov (SHahzod SHaymonov 60), Jahongir Abdumo'minov (Sirojiddin Rahmatullaev 65), Zafar To'raev, Zohir Qo'ziboev (Bahodir Murtozaev 64), Jamshid Hasanov

“Nasaf”: Mixail Naumov, SHerzod Aazmov, Hamza Karimov, Botir Qoraev, Laziz Ubaydullaev,  Maqsud Karimov, Najmiddin Normurodov, Artur Gevorkyan, SHohruh Gadoev, Ilhom Yunusov, Igor Taran,
Zaxiradan maydonga tushganlar:
Ilhom SHomurodov, O'tkir Yusupov, Erkin Boydullaev, Akrom Bahriddinov, Ulug'bek Dadaboev, Doniyor Narzullaev, Kenja To'raev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика