So’nggi yangiliklar

14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  6 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0

Nazorat uchrashuvi. “Dinamo” – “So'g'diyona” 0:2 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Dinamo” – “So'g'diyona” 0:2

Toshkentda yig'in o'tkazayotgan “Dinamo” va “So'g'diyona” jamoalari garchi PFL Kubogida ishtirok etmayotgan bo'lsada, kun-ora sinov-nazorat o'yinlarini tashkil etmoqda.
Xususan ushbu jamoalar bugun “Obod” suniy maydonida nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Birinchi bo'limda jizzaxliklar katta ustunlikka erishdi. Ikkinchi taymda esa “Dinamo” ustozi Tachmurod Agamurodov asosiy tarkib futbolchilarini maydonga chiqardi. Davron Fayziev esa aksincha yoshlarni tushirdi. SHuning uchun ustunlik tenglashdi. Uchrashuvni boshqarib borgan hakam Ahrol Risqullaev avvaliga Aziz Ibragimovni maydondan chetlatdi. So'ngra Renat Bayramovga ham qizil kartochka ko'rsatib, maydonni tark etishini talab qildi. Bahsdagi hakamlik Agamurodovni qoniqtirmadi. Ayniqsa ikkinchi bo'limda Tachmurod SHamakovich uchrashuv nazoratchisi Popovga juda ko'p etiroz bildirdi.

Ikkinchi bo'limda boshqa gol kuzatilmadi. Darvoqe, jizzaxliklar safida shu kuni bir qator yangi o'yinchilarni ko'rish mumkin edi. Xususan Akbar Sattaev, Sanjar Rihsiboev, Elyor Jahonov, Saydullo Rahmatov, Muqimjon Toshmatov, Zohid Raupov, Renat Bayramov hamda Abdulatif Abduqodirov “So'g'diyona” safida maydonga  tushishdi.   

Nazorat uchrashuvi.
“Dinamo” – “So'g'diyona” 0:2
Gollar:
Elyor Jahonov, Sanjar Rashidov.
CHetlatishlar: Aziz Ibragimov. Renat Bayramov.

“Dinamo”:
Muhiddin Xudoyorov, Ildar Mamatkazin, Komil SHarofetdinov, Murod To'ychiboev, Mirkomil Lokaev, Otabek Zokirov, Aminjon Fayzullayev, Islom SHaripov, Jasur Azimov, Aziz Mansurov, Bunyod Isroilov.
Zaxiradan tushganlar: Andrey Melnichuk, Avaz Agaliev, Aziz Ibragimov, Pavel Smolyachenko, Maksimilian Fomin, Nikolay CHipov, Aleksandr Boliyan.   

“So'g'diyona”:
Mixail Spiridonov, Akbar Sattaev, Elyor Oripov, Elyor Jahonov, Muzaffar Muzaffarov, Saydullo Rahmatov, Sanjar Rihsiboev, Anvar Rajabov, Ilhom Komilov, Sanjar Rashidov, Bobur Qosimov.
Zaxiradan tushganlar: SHirinboy Abdullaev, Zohid Raupov, Abdulatif Abduqodirov, Muqimjon Toshmatov, Suhrob Qobilov, Renat Bayramov, Asilbek Begimqulov, Dilmurod Ikromov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика