So’nggi yangiliklar

23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  0 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  0 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  0 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  6 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   1 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00ЕЧЛ. "Қайрат" - "Реал" баҳси асосий таркиблари маълум!  55 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  38 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  11 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  4 19:20ЎФА нега жим?  12

Nazorat uchrashuvi: “Bunyodkor” – “Xenan Jiane” 3:1 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi: “Bunyodkor” – “Xenan Jiane” 3:1

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAA yig'ini doirasidagi to'rtinchi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

“Qaldirg'ochlar”ning sparring raqibi 2015 yilgi mavsumda Xitoy chempionatida 5-o'rinni egallagan “Xenan Jiane” klubi bo'ldi.

Qiziqarli kechgan bahsda “Bunyodkor” xitoyliklardan 3:1 hisobida ustun keldi. Birinchi bo'limda Dilshodbek Ahmadalievga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan so'ng “Xenan Jiane” darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik nuqtadan Dostonbek Hamdamov hisobni ochdi.

Tanaffusdan keyin zaxiradan maydon maydonga tushgan Zabixillo O'rinboev burchak to'pidan so'ng boshlangan hujumni gol bilan yakunladi. Oradan bir daqiqa o'tib, “Xenan Jiane” azosi Yin Xongbo hisobni qisqartirishga erishdi – 2:1. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Minori Sato va SHahzodbek Nurmatov uyushtirgan kombinaciyani yaponiyalik futbolchi chiroyli gol bilan yakunladi.

SHu tariqa, “Bunyodkor” nazorat uchrashuvida Xitoyning “Xenan Jiane” klubi ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Nazorat uchrashuvi
“BUNYODKOR” – “XENAN JIANE” (Xitoy) 3:1 (1:0)
Gollar:
Dostonbek Hamdamov 35 penalti (1:0), Zabihillo O'rinboev 53 (2:0), Yin Xongbo 60 (2:1), Minori Sato 89 (3:1)
“Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuxurov, 18.Dilshodbek Ahmadaliev, 4.Rustamjon Ashurmatov, 34.Javlon Mirabdullaev, 48.Akramjon Komilov, 8.Jovlon Ibrohimov (19.Zabihillo O'rinboev 46), 5.Dilshod Jo'raev (9.Minori Sato 52), 29.Otabek SHukurov, 17.Dostonbek Hamdamov (44.Sanjar Qodirqulov 75), 16.Bahodir Nasimov, 10.Eldor SHomurodov (11.SHahzodbek Nurmatov 75)
25 yanvar. Dubay. “Jebel Ali” majmuasi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика