So’nggi yangiliklar

10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  0 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  0 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  0 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  7 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  2

Nazorat uchrashuv. “So'g'diyona” – “Zomin” 6:1 Yangiliklar

Nazorat uchrashuv. “So'g'diyona” – “Zomin” 6:1

Teglar :  So'g'diyonaZomin
Bugun “So'g'diyona” jamoasi o'z qarorgohida birinchi liga jamoasi “Zomin”ni qabul qildi.

SHiddatli va keskin hujumlarga boy bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvida “So'g'diyona”ning qo'li baland keldi

O'yinning 35-daqiqasida G'ayrat Umirovning uzatmasidan so'ng Ixtiyor Toshpo'latov hisobni ochdi. 1:0  Biroz o'tmay zominliklar  posboni Azamat Isroilov futbolchimizga nisbatan qo'pollik ishlatda va hakam penalti belgiladi. Darvozabonimiz Muzaffar Abdullaev esa 11-metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi.  

Bellashuvning ikkinchi bo'limida ham mezbonlar o'yin tizginini o'z qo'llarida saqlab turishdi.  60-daqiqada Izzatilla Abdullaevga nisbatan qo'pollik ishlatilgach,  Alisher Maxmudov tomonidan uzatib berilgan jarima to'pini SHoxrux Dostonov golga aylantirdi -2:0. Oradan biroz o'tib, Javlon Guseynov jarima zarbasidan keyin hisobni yiriklashtirgan bo'lsa,  63-va 73- daqiqada Qahramon Baxodirov ikki to'p kiritib, “dubl”ga erishdi. Bu orada aynan Bahodirovning qo'pol o'yini sabab “So'g'diyona” darvozasiga belgilangan penaltini mehmonlar aniq amalga oshirishdi.

81-daqiqada Rustam Azamov Qahhorovning uzatmasidan foydalandi va hisobni 6:1ga etkazdi. SHu tariqa o'yin 6:1 hisobida yakunlandi.

Ushbu uchrashuvni jamoamiz quyidagi tarkibda o'tkazdi:

1-bo'lim: Muzaffar Abdullaev , Elyor Orifov, Sardor Qulmatov, Javlon Guseynov, SHerzod Jalilov, Sardor Qahhorov, G'ayrat Umirov, Sardor Eminov, Sarvar Jo'raev, Azamat Isroilov, Ixtiyor Toshpo'latov.

2-bo'lim: SHirinboy Abdullaev, Rustam Azamov, Sardor Qulmatov, Javlon Guseynov, Sardor Qahhorov, Suxrob Qobilov, Sanjar Rashidov, Alisher Mahmudov, Izzatilla Abdullaev, Qaxramon Bahodirov, SHoxrux Dostonov. 

 So'g'diyona” matbuot xizmati.












Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика