NAZORAT O'YINI. "Surxon" Rossiya klubiga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi
19 jan 21:55
Yangiliklar
NAZORAT O'YINI. "Surxon" Rossiya klubiga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi
Birinchi bo'limda har ikki jamoa darvozalarni ishg'ol eta olmagan bo'lsa, ikkinchi bo'limda muxlislar naq 5 ta gol guvohiga aylanishdi.
Uchrashuvning 53-daqiqasida Jezush hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay zahiradan tushgan Chinedu muvozanatni tikladi. Biroq o'yinning qolgan qismida "Orenburg" futbolchilari tashabbusni qo'lga olib, termizliklar darvozasiga yana uchta to'p kiritishdi.
Nazorat o'yini
"SURXON" — "ORENBURG" (Rossiya) 1:4
Gollar: Chinedu (59) — Jezush (53), Bolotov (64), Gorelov (70), Gurluk (82).
"Surxon" (boshlang'ich tarkib): Boymurodov, Nematxonov, Shamsiev, Tursunov, Abdullajonov, Abduhamidov, Zebniauri, Abdurahmonov, Jo'raev, Shukurullaev, Jumatov.
Zahira: Merganov, Ramazonov, Musaxonov, Sherbo'taev, Ashurboev, Karimov, Yusupov, Chinedu, Qodirov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar