So’nggi yangiliklar

01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  0 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  2 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9

Navro'zdan Navro'zgacha. Oxirgi 4 yilda “Orol”da eng ko'p gol urgan 10 futbolchi Yangiliklar

Navro'zdan Navro'zgacha. Oxirgi 4 yilda “Orol”da eng ko'p gol urgan 10 futbolchi

Nukusning “Orol” jamoasi libosida so'ngi 4 mavsumda eng ko'p gol urgan futbolchilarni bilasizmi? Quyida bu haqda to'xtalib o'tamiz.

9-10. Navro'z Alimov – 6 gol
Alimov 2016 yili Oliy ligadan Birinchi ligaga qaytdi va nukusliklar tarkibida yarim mavsum davomida 6 ta golga mualliflik qildi. Navro'z hisobida Birinchi ligada urilgan gollarning umumiy soni 30 tadan ortiqni tashkil etadi.

9-10. Oybek Ro'zimov – 6 gol
Ro'zimov 2014, 2015 va 2017 yillarda o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'ygan bo'lsa, 2016 yili 3 ta gol kriitib, shaxsiy rekordini o'rnatdi.

8. SHukurullo Qutibaev – 7 gol
Qutibaevlar sulolasi vakili 2014 yili 6 ta gol kiritib, hujumchilik qobiliyatini ko'rsatgan edi. Biroq keyingb mavsumda u atigi bitta golga mualliflik qildi. SHundan so'ng u “Orol” safida ko'rinish bermadi.

7. Damir Nizanov – 8 gol
Nizanov 2014 yilda 4 ta, 2015 yili esa bitta golga mualliflik etdi. O'tgan mavsumning ikkinchi qismida yana Nukusga qaytgan Damir uch marta raqiblar posbonlarini ranjitib qo'ydi.

6. Miras Qarlibaev – 9 gol
Birinchi ligadagi eng qo'pol futbolchilardan biri hisoblanadigan Qarliboev 2015 yilda 2 ta gol urgan edi. 2016 yilgi mavsumni “Xorazm”da o'tkazgan yarim himoyachi 2017 yilda yana “Orol”ga qaytdi. Mavsum davomida uch marta maydondan chetlatilgan yarim himoyachi 5 ta gol kiritdi.

5. Islom Seytnazarov – 10 gol
“Qora bola” laqabli Seytnazarov 2014 va 2015 yillarda bittadan, 2016 yili uchta va o'tgan mavsumda beshta gol kiritdi. Oxirgi 4 yilda uning hisobiga 10 ta gol yozildi. Islom Birinchi ligada umumiy hisobda 20 dan ortiq gollarga mualliflik qilgan.

3-4. SHariyar Karimboev – 12 gol
SHariyar oxirgi ikki mavsumni yaxshi o'tkazdi. 2016 yilda 5 ta, 2017 yilda 7 ta gol kiritgan Karimboevdan bu yilgi mavsumda muxlislarning umidlari katta.

3-4. Temur Turdiev – 12 gol
“Orol”ning o'ynovchi murabbiyi himoyachi bo'lishiga qaramasdan, so'ngi 3 yilda 12 ta gol kiritgani tahsinga loyiq. Turdiev 2015 va 2017 yillarda uchtadan gol urgan bo'lsa, 2016 yilda u 6 ta golga mualliflik qilib, himoyachilar uchun o'rnak bo'lgan edi.

2. Rinat SHilmanov – 16 gol
SHilmanov ham so'ngi ikki yilda o'zini ko'rsatdi. 2016 yili 7 ta gol kiritgan hujumchi, o'tgan mavsumda 9 ta gol bilan nukusliklarning to'purariga aylandi. Ajab emas, yaqin yillar ichida Rinatni ham Oliy liga jamoalarida ko'rsak.

1. Navro'z Xaipov – 51 gol
27 yoshli hujumchi Birinchi ligadagi eng kuchli futbolchilardan biri hisoblanadi. Xaipov 2014 yili 11, 2015 yili 4 ta gol urgan bo'lsa, 2016 yilda 30 ta gol bilan Birinchi liga to'purariga aylandi. SHundan so'ng Oliy ligaga yo'l olgan hujumchi, o'tgan mavsum yarmida yana “Orol”ga qaytdi va 6 marta raqiblar darvozasini ishgol qildi. Umumiy hisobda u oxirgi 4 yilda 51 ta gol urishning uddasidan chiqdi.


Furqat Yusupov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика