So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  5 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  0 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  31 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

"Navbahor"ning keyingi o'yinlardagi raqiblari yoxud Babayan uchun ogohlik qo'ng'irog'i yaqin Yangiliklar

"Navbahor"ning keyingi o'yinlardagi raqiblari yoxud Babayan uchun ogohlik qo'ng'irog'i yaqin

CHempionlik yo'lida kurash birgina mag'lubiyat bilan to'xtab qolmasligi aniq.

Biroq mavsum yakunida hattoki bir ochkoning qadri qanchalar yuqori bo'lishini o'tgan mavsumda ko'rdik. 

"Navbahor" 1996 yildan beri intiq bo'lib kutayotgan oltin medallari uchun so'nggi ikki mavsumda haqiqatdan jiddiy harakatni boshladi. O'tgan yili bir ochko etmagan, amalda esa "uloq"ni yana "Paxtakor" ilib ketgandi. Bu safar hali chempionlikka ancha ertadir. Lekin Samvel Babayan uchun har bir qo'ldan boy berilayotgan ochkolar borgan sari istefoga etaklab borishi turgan gap. Xo'sh, endilikda keyingi turlarda jamoa kimlar bilan raqib bo'ladi?

O'zbekiston kubogi. Nukusda "Aral" bilan o'yin

Yana 3 kundan so'ng "lochinlar" O'zbekiston kubogi doirasida Nukusda "Aral" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv suniy maydonda bo'lishini boz ustiga 17:30da boshlanishi "Navbahor"ga bir qator noqulayliklarni tug'dirishi malum. Samvel Babayan bu o'yinga asosiy tarkibni olib borishini malum qilgan. Tabiiyki, futbochilar uchun bu kunda jarohatdan himoyalanish, o'zini ehtiyot qilish bosh planga chiqadi. "Paxtakor" qanday qiynalgani barchaga malum. "Navbahor" esa kubokda g'olib chiqishni maqsad qilgan va bu yo'lda hech narsa to'siq bo'lmasligi kerak. Foydali jihati esa OCHL oldidan futbolchilar o'yin amaliyoti, "igrovoy tonus"da bo'ladi. 


OCHL, "Al Vakra". Tarix yoki hayot-mamot janggi

Oradan 1 hafta o'tib Namangan klubi OCHL pley-off o'yinida ishtirok etish uchun Qatarga parvozni amalga oshiradi. Bitta o'yindan iborat OCHL guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi oqshomda "Navbahor"ni faqatgina g'alaba qoniqtiradi. Raqibning darajasini hisobga olganda ham bu bahs ular uchun oson bo'lmasligi kundek ravshan. Agar bu bahsda jamoa mag'lubiyatga uchrasa, Samvel Babayan uchun chiqish eshiklarini ko'rsatilishi ehtimoli oshadi. Raqib safida Trent Seynsberi, Lukas Mendes, Jelson Dala kabi legionerlar borligini, boz ustiga o'yin mehmonda o'tishi kabi faktorlari ham bor. 


Superliga. Bu birinchi davradagi "So'g'diyona" emas

Qatardan kelgach oradan 3 kun o'tib 26 avgust kuni Jizzaxga "So'g'diyona" maydoniga safar uyushtiradi. "So'g'diyona" birinchi davradagi kabi "go'sh" vazifasini o'tamaydi va etarlicha qarshilik ko'rsatadi. Ivan Boshkovich jamoada o'yin sifatini yaxshilaganini, yozgi transferlar oynasida o'ziga kerakli haridlarni amalga oshirganini ham inobatga olish kerak. Boz ustiga o'tgan mavsumda chernogoriyalik mutaxassis "Bunyodkor" bilan bu jamoani yutgani yodingizda bo'lsa kerak.  "Navbahor"ning o'sha pallada jismoniy holati qanday bo'lishi qiziq. Bunday holatda futbolchilarning chidamliligi, murabbiyning tarkibda Rotaciyalar amalga oshirishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Superliga. Qosimov boshchiligidagi OKMK "Paxtakor"ning ishini takrorlay oladimi?

"Navbahor"ni FIFA kunlaridan yo'l olishdan avval 30 avgust kuni Namanganda OKMKga qarshi uchrashuv kutmoqda. "Navbahor" ikkinchi davrada barcha kuchli raqiblarni Namanganda qabul qiladi. Dastlabki urinish muvaffaqiyatsiz chiqdi. Aynan avgust oyi klubning kelajagiga va Samvel Babayanning faoliyatiga aniqlik kiritib berishi kerak. Namangan hokimi, rahbariyati barcha sharoitlarni yaratib beryapti va tabiiyki shunga yarasha natija kutishga haqli.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика