So’nggi yangiliklar

22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  4 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  7 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25

"Navbahor"ning ertangi raqibi va o'zbek klublari uchun omadli stadion haqida Yangiliklar

"Navbahor"ning ertangi raqibi va o'zbek klublari uchun omadli stadion haqida

"Navbahor" jamoasi OCHL saralash bosqichida Qatarning "Al Vakra" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi."Navbahor" raqibi haqida nimalarni bilishimiz kerak?

"Al Vakra" jamoasi 1959 yil tashkil etilgan va o'y o'yinlarini "Al Janub" stadionida o'tkazadi. Jamoa o'z tarixida ikki marotaba Qatar chempioni va 4 karra Qatar Superkubogida g'olib bo'lgan.

"Al Vakra" jamoasi o'tgan mavsum "Qatar yulduzlar ligasida" to'rtinchi o'rinni egalladi. Yangi mavsumning birinchi turida esa "Al Muaydar" jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Bu yildan Qatar chempionatida legionerlar limiti 7 taga oshirilgani tufayli, jamoa bosh murabbiyi ispaniyalik Bartolome Markes "Al Vakra" tarkibida barcha 7 nafar legionerni maydonga tushirdi:

Hamdi Fathi  (Misr)

Misr terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi/


Jelson Dala (Angola)

Angola terma jamoasi hujumchisi, "Sporting" safida to'p tepgan

Trent Seynsberi (Avstraliya)

Avstraliya terma jamoasining tajribali markaziy himoyachisi;


Lukas Mendesh (Braziliya)

Braziliyalik 33 yoshli markaziy himoyachi

Ayub Assal (Angliya)

Kelib chiqish marokashlik bo'lgan hujumchi - Angliya futbol maktabi tarbiyalanuvchisi

Mohammad Benettu (Jazoir)

Jazoirlik 33 yoshli hujumchi, jamoaning ko'p yillik etakchisi;

Omar Salah (Iordaniya)

Iordaniya yoshlar terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi.


Uzbek klublari uchun omadli stadion

Ertangi uchrashuvga "Al Janub" stadioni mezbonlik qiladi va ushbu stadion uzbek klublari uchun begona emas. 2020 yilgi Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichi COVID-19 pandemiyasi tufayli markazlashtirilgan holda Qatarda o'tkazilgan edi. O'sha mavsum "Al Janub" stadioni "B" guruhi bahslarini qabul qilgan va "Paxtakor" jamoasi uchta o'yinni "Al Janub" stadionida o'tkazgan edi. "Paxtakor" jamoasi jami ushbu stadionda to'rtta o'yin o'tkazgan va ikki g'alaba, bir durang va bir marotaba mag'lubiyatga uchragan. SHota Arveladze shogirdlari 1/8 bahsida Eronning "Istiqlol" klubini 2:1 hisobida mag'lub etgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. "Navbahor" ham ertaga uzbek klublarining yaxshi ananasini davom etira oladimi?

SHuningdek, "Al Janub" stadioni JCH-2022 o'yinlarini qabul qilgan. Jahon chempionati doirasida "Al Janub" stadioni 7ta uchrashuvga mezbonlik qilgan(D guruhida 3 uchrashuv va G guruhida 2 uchrashuv, 1/8 final). Jahon chempionati vaqti Franciya, Urugvay, Xorvatiya kabi mashhur terma jamoalar ushbu stadionda o'yin o'tkazishgan, aynan Urugvay terma jamoasi D guruhining uchinchi turida Ganaga qarshi o'yin o'tkazadi va 2:0 hisobida g'alaba qozonishiga qaramay guruh bosqichida qolib ketadi. Suarezning qo'z yoshlariga sabab bo'lgan o'yin aynan "Al Janub" stadionida bo'lib o'tgan edi.

Jamoa bosh murabbiyi - Bartolome Markes. 61 yoshlik mutaxassis futbolchilik faoliyatini asosiy qismini  "Espanol" jamoasida o'tkazgan. Murabbiylik faoliyati davomida "Espanol", Iroq va "Sent-Truyden" jamoalarda murabbiy va assisten bo'lib ishlagan. "Al Vakra" jamoasida 2018 yildan beri ishlab kelmoqda

"Al Vakra" (Al-Vakra, Qatar) - "Navbahor" (Namangan, O'zbekiston)

Osiyo CHempionlar Ligasi. Saralash bosqichi

22.08.2023 (seshanba)

“Al-janub” stadioni. Al-Vakra

20:30 (O'zbekiston vaqti bilan)

Hakamlar: Xiroyuki Kimura, Kota Vatanabe, Takumi Takagi, Yudai Yamamoto.

Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика