So’nggi yangiliklar

13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  0 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   4 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  0 11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  1 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  2 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  6 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  34 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0

"Navbahor"ga rossiyalik darvozabon keldi Yangiliklar

"Navbahor"ga rossiyalik darvozabon keldi

"Navbahor" mavsumlar oralig'idagi selekciya ishlarini davom ettirmoqda. Aynan shu maqsadda tarkibga ikki nafar yangi futbolchi jalb etildi.

Rossiyalik darvozabon Ilya Gavrilov va o'tgan mavsumni “Paxtakor”da o'tkazgan hujumkor yarim himoyachi Behruz Sadillaevlar shular jumlasidandir.

Gavrilov 2017 yilgi mavsumni Volgogradning “Rotor” klubida o'tkazgan. Ushbu futbolchilar "Navbahor"da ko'rikdan o'tishmoqda. Ularning xatti-harakatlari murabbiylarga manzur bo'lsa “Navbahor” azosiga aylanishlari mumkin.

Oldinroq Namangan klubi mashg'ulotlariga qo'shilgan rossiyalik futbolchi Acamaz Buraevga esa javob berildi.

SHu o'rinda, “Navbahor”ga futbolchilarni jalb etish borasida muzokaralarni davom etayotganligini qo'shimcha qilish joiz.


Bugun Toshkent yig'inida navbatdagi nazorat uchrashuvida "lochinlar" “So'g'diyona” bilan kuch sinashdi. O'yinning birinchi bo'limida darvozalarga gol kiritilmagan bo'lsa tanaffusdan keyin tomonlar bir martadan muvaffaqiyat qozonishdi. Dastlab, Doniyor Odilov jizzaxliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa keyinchalik Azizbek Turg'unboev hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuv davomida futbolchilarimiz gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lishsada, vaziyatlarni golga aylantira olishmadi.

"Navbahor" uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazdi: Ilya Gavrilov, Avazbek Mamatxo'jaev, Mirzohid G'ofurov, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoevich, Azam Aliev, Dilshod Jabborov, Oybek Qilichev, Ayubxon No'monov, Azizbek Turg'unboev, Behruz Sadillaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Zohir Pirimov, Ilhom Boydedaev, Oston O'runov, Yannis Linda, SHohzamon Hayrullaev.

“So'g'diyona”ga qarshi uchrashuvda Dilshod SHarofiddinov va Azamat Allaniyozovda kichik jarohat borligi sababli maydonga tusha olishmadi. Jamoa navbatdagi nazorat o'yinini 31 yanvar kuni “Andijon” jamoasiga qarshi o'tkazadi.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика