So’nggi yangiliklar

08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  0 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  1 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  0 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   0 02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  14 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  168 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  3 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  2 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  3 23:42Қозоғистонлик тадбиркор "Реал"дан бешта гол ўтказган "Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабонига машина совға қилди  5 22:50Максим Шацких: "Энг муҳими гол ўтказмаслик ва нолга ўйнаш. Реализация эса кун келиб яхшиланади"  16 22:32"Элче" "Барса"га қарши ўйин анонсида учрашув "Камп Ноу" стадионида ўтказилишини маълум қилди  0 21:54"Ал Аҳли" устози: "Дурангдан қониқмадик, аммо натижа адолатли бўлди. Бу каби атмосферани маҳаллий чемпионатда доим ҳам кўравермаймиз"  10

"Navbahor": Yoshlarimizda yana durang Yangiliklar

"Navbahor": Yoshlarimizda yana durang

"Navbahor" yoshlari Yoshlar birinchiligidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishdi.

Farg'onada “Neftchi” yoshlari bilan bahs yuritgan futbolchilarimiz yakunda durang qayd etishdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida Nodirbek Mavlonov raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochgandi. 20-daqiqada mezbonlarda ham penalti tepish imkoni yuzaga keldi. Xurshid Asqaraliev tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasidan keyin darvozabonimiz Alibek Turobov to'pni qaytarib, hisobni tenglashishiga imkon bermadi. Birinchi bo'lim yoshlarimizning kichik ustunligida yakun topdi.

Ikkinchi bo'limda futbolchilarimizda g'alabani mustahkamlash uchun bir qator imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Bir safar Nodirbek Mavlonovning olis masofadan yo'llagan zarbasidan keyin farg'onaliklar posboni to'pni qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. Jamoamiz hujum chizig'ida harakat qilgan SHohjahon Abbosovda ham hisobni o'zgartirish uchun imkoniyatlar bo'lsada, hujumchimiz vaziyatlardan samarali tarzda foydalana olmadi. O'z navbatida “Neftchi” futbolchilari ham o'z maydonlarida mag'lubiyatga uchramaslik maqsadida hujumkorlikka zo'r berishdi. O'yin yakunlanib borayotgan bir pallada ikkinchi bo'limda zaxiradan safga qo'shilgan Anvar Abdulxaqov durangni taminlovchi golga mualliflik qildi. SHu tariqa yoshlarimiz 2-turni ham durang bilan yakunlab, ochkolari sonini ikkitaga etkazib olishdi.

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:1 (0:1). Farg'ona. “Neftchi” sport majmuasi.
Hakamlar: J.Muxtorov, Q.Sobirov, X.Meliqo'ziev, J.Qosimov.
Nazoratchi – S.Najafaliev.
“Neftchi”: 30. Sergey Smorodin, 2. Sardor Kulmatov, 3. Azam Xolmatov, 5. Xusan G'aniev, 6. Abduqodir Ortiqov, 8. Islom Toshpo'latov, 9. Abror Ismoilov, 10. Xurshid Asqaraliev, 11. Ibrohim No'monov, 15. Xusniddin G'ofurov, 23. Abdurahmon Abdulxaqov.
Zaxira: 45. Abdusattor Obidov, 4. Mo'minjon Mamurjonov, 7. Sarvar Abdullaev, 20. Anvar Abdulxaqov, 21. Mirjalol Nematov, 25. Anvar Alijonov, 26. Elomonjon Karimov.
“Navbahor”: 23. Alibek Turobov, 4. Qahramon Mahammadjonov, 5. Hojiakbar Yunusov, 7. Sardorbek Azimov, 8. Bositxon Rahimov, 11. Doniyor Inamov (6. Akbarali Xoldorov), 14. G'olibbek Karimov, 15. Ravshan Aslanov, 17. Azizbek Turg'unboev, 19. SHohjahon Abbosov, 20. Nodirbek Mavlonov (9. Islom Abduqodirov).
Zaxira: 1. Mirzoxid Mamatxonov, 2. Aziz Umarov, 10. Xusan G'aniev, 12. Ibrohim Ismoilov, 18. Sanjar Toshpo'latov.
Gollar: A.Abdulxaqov (90) – N.Mavlonov (8-pen.).
Amalga oshirilmagan penalti: X.Asqaraliev (20, darvozabon).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика