So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  4 18:56Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм". Таркиблар маълум  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4

"Navbahor": Yoshlarimiz "Neftchi" bilan durang o'ynashdi Yangiliklar

"Navbahor": Yoshlarimiz "Neftchi" bilan durang o'ynashdi

Teglar :  Neftchi
Farg'onada bo'lib o'tayotgan “Hokim kubogi” musobaqasida ishtirok etayotgan yoshlarimiz bugun guruhdagi so'nggi uchrashuvni “Neftchi-1” jamoasiga qarshi o'tkazishdi.

Farg'onaliklar bilan o'tgan o'yinda futbolchilarimiz ijobiy natija sari harakat qilishdi. O'z navbatida “Neftchi” vakillari ham faqat g'alabani ko'zlagan holda to'p surishdi. Ammo, yakunda uch ochkoni qo'lga kiritish hech bir jamoaga nasib etmadi. Har ikki jamoa futbolchilarida gol urish uchun bir qator imkoniyatlar bo'lsada, vaziyatlarni golga aylantirish hech kimga nasib etmadi va bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakun topdi. “Neftchi” bilan o'tgan o'yinda jamoamiz tarkibida hujumchi Abdumalik Abdullaevni ham to'p surganligini aytib o'tish joiz.

Uchrashuvni yoshlarimiz quyidagi tarkibda o'tkazishdi: Mirzohid Mamatxonov, Iskandar Sidiqjanov, SHahzod Hamidov, Javohir Olimjonov, G'olibbek Karimov, SHohruhmirzo Ahmadaliev, Abbos G'ulomov, Akbarali Xoldorov (Muzaffar Abdullaev), Ahmad Mamadaliev (Ilhom Aliboev), Islom Abduqodirov (Bobir Tillaboev), Abdumalik Abdullaev (Ibrohim Ismoilov).

SHu tariqa “A” guruhida qatnashgan yoshlarimiz 4 ochko jamg'argan holda guruhda uchinchi o'rinni band etishdi. Guruh g'olibligini Farg'onaning yana bir jamoasi “Istiqlol” 7 ochko bilan qo'lga kiritgan bo'lsa “Neftchi” klubining birinchi tarkibi besh ochko bilan ikkinchi pog'onada qayd etildi. So'nggi o'rinni esa ochko to'play olmagan Andijonning “O'zDongJu” jamoasi band etdi. Guruhda qayd etilgan Qirg'izistonning “Oloy” jamoasi musobaqada qatnashmaganligi sababli O'sh jamoasiga qarshi o'yin o'tkazilmadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика