"Navbahor" uch futbolchi bilan kelishuvni uzaytirdi. Ulardan biri legioner
28 noy 2021 16:07
Yangiliklar
"Navbahor" uch futbolchi bilan kelishuvni uzaytirdi. Ulardan biri legioner
Superligada navbatdagi mavsum yakunlandi va “Navbahor” PFK yangi mavsum taraddudini hozirdanoq boshlab yubordi.
Kelgusi mavsumga yangi bosh murabbiy – Samvel Babayan boshchiligida kirishadigan jamoa o'z rejalarini bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishdi.
Xususan, joriy yilgi mavsumda o'zlarining ajoyib o'yinlari bilan “Navbahor” jamoasi g'alabalariga munosib hissa qo'shgan, O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilar – darvozabon O'tkir Yusupov hamda himoyachi Davronbek Hoshimov, shuningdek, 2021 yilgi mavsum ikkinchi davrasida “lochinlar” safiga qo'shilgan serbiyalik himoyachi Boyan Ciger keyingi mavsumda ham jamoa sharafini himoya qiladigan bo'lishdi. Ushbu futbolchilar bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar