So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  18 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  4 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

"Navbahor" - "So'g'diyona" uchrashuvi raqamlarda Yangiliklar

"Navbahor" - "So'g'diyona" uchrashuvi raqamlarda

Teglar :  NavbahorSo'g'diyona
"Navbahor" - "So'g'diyona" uchrashuviga oid qiziqarli faktlarni quyida etiboringizga taqdim etamiz.

1- “Navbahor” mavsumdagi birinchi ochkosini qo'lga kiritdi. Etiborlisi, o'tgan yilda ham “lochinlar” chempionatning dastlabki uchta o'yinidan so'ng bir ochko jamg'arishgandi. Uchrashuv bosh hakami Hasan Ro'ziev bu yil o'z cho'ntagidan ilk marotaba qizil kartochkani oldi. Darvozabonimiz Akmal Ortiqov birinchi bor bu yilgi chempionatda “quruq” o'yin o'tkazdi.

2- Uchrashuv bosh hakami Hasan Ro'ziev uchun ushbu bahs amaldagi mavsumda Oliy liga doirasida boshqargan ikkinchi o'yiniga aylandi.

3- “So'g'diyona” bilan Namanganda o'tkazilgan o'zaro uchrashuvlar tarixida uchinchi marotaba 0:0 hisobida kuzatildi. Ushbu o'yindan so'ng joriy mavsumda to'liq o'tkazilgan uchta o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qilgan o'yinchilar uchta qoldi (H. Karimov, A. Ortiqov va D. Jabborov).

4- O'zbekiston chempionatida hozirgacha o'z maydonida to'rt jamoa raqibi bilan durangga imzo chekdi. “Obod”, “Bunyodkor” va “Buxoro” safiga “Navbahor” ham qo'shildi. Eng qizig'i, ushbu to'rtta  jamoalarning barchasi o'z maydonida raqiblari bilan 0:0 hisobida o'yinni yakunlashgan.  

5- Jizzaxliklar bilan bizning maydonda kechgan to'qnashuvlarda beshinchi bor durang qayd etildi.

6- “So'g'diyona” bilan o'zaro qarama-qarshiliklar tarixida oltinchi bor kuchlar teng keldi. Namanganda besh, Jizzaxda bir marotaba tomonlar murosa yo'lini tanlashgan.

7- Ushbu o'yindan so'ng sariq kartochkasi bor futbolchilarimiz soni ettitaga etdi. Etti yillik tanaffusdan so'ng “So'g'diyona” Namangandan ochko olib qaytdi. “So'g'diyona” va “Navbahor” Oliy liga ushbu mavsumida g'alaba qozona olmagan jamoalar etti jamoalar qatorida turibdi.

8- Uchta turdan so'ng barcha o'yinlarda qatnashgan futbolchilarimiz soni sakkiztani tashkil etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика